01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Iqtisodiyot 👁 546

ELIGA TAYaNCh BOʻLAYoTGAN HOKIM YoRDAMChISI

ELIGA TAYaNCh BOʻLAYoTGAN HOKIM YoRDAMChISI

Yurtimizning barcha hududlarida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilib, faoliyat koʻrsatayotgan hokim yordamchilari uyma-uy yurgan holda har bir xonadonning holatini oʻrganmoqda va fuqarolarning iqtisodiy ahvoli yaxshilanishiga koʻmak bermoqda. Buning natijasida haqiqiy ehtiyojmand va boquvchisini yoʻqotgan oilalar, ishsizlarga tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashilib, bandligini taʼminlashga erishilmoqda. Amudaryo tumanida ham hokim yordamchilari tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsiz fuqarolar bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar oʻz samarasini bermoqda.

Tumandagi Doʻstlik mahallasi hokim yordamchisi Rashid Oʻrozimbetovning mutaxassisligi iqtisodchi. U tumandagi tijorat banki “Mikrokreditbank” tuman filiali boshqaruvchisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan boʻlib, mehnat faoliyatiga 13-yil toʻlgan edi.

U Doʻstlik mahallasiga hokim yordamchisi qilib tayinlanganidan keyin dastlab ishni aholini oʻrganish va mahallaning “oʻsish nuqtalari” va “drayver” loyihalarni aniqlashdan boshladi. Aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb etish, mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambagʻallikni qisqartirish kabilar borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olib, shunga koʻra ishlarni tashkil etishga harakat qildi.

Doʻstlik mahallasida 3 ming 804 nafar aholi yashaydi. Hududdagi 590 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilganida 917 ta oila yashashi aniqlandi. Mahallada 22 ta xizmat koʻrsatish obʼektlari, 1 ta MTT, 1 ta maktab mavjud. Hokim yordamchisi tomonidan xatlov oʻtkazilganidan soʻng, xonadonlar 4 toifaga ajratildi.

Oʻtgan yil davomida hokim yordamchisining koʻmagi bilan mahallada yashovchi 175 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilib, 25 nafari mavsumiy va jamoat ishlariga jalb etildi. Shuningdek, oʻzini-oʻzi band qilgan aholi soni 101 nafar, ijara asosida yer ajratish hisobiga bandligi taʼminlanganlar 5 nafarga yetkazildi.

Mahalla hududida hokim yordamchisining tavsiyanomasi asosida tumandagi tijorat banki tomonidan 33 mln. soʻm imtiyozli kredit ajratilib, “Jasur Dilrabo gilam yuvish” oilaviy korxonasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu oilaviy korxona aholiga avtomobillarni yuvish va gilam yuvish xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda. Korxonada mahalla fuqarolaridan 2 nafarining bandligi taʼminlanib, 25 nafari mavsumiy va jamoat ishlariga jalb etildi.

Undan tashqari, yakka tadbirkor Shahnoza Yoqubovaga hokim yordamchisi tomonidan 33 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit olishiga tavsiyanoma berildi. Tadbirkor ushbu mablagʻlar evaziga yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida kompyuter oʻyinlari, internet kafe va kibersport yoʻnalishlarida faoliyat tashkil etdi.

Shuningdek, yana bir tadbirkor Jonibek Yoʻldoshev ham hokim yordamchisi koʻmagi bilan 33 mln. soʻm kredit mablagʻlarini oldi va oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Buning natijasida 2 nafar fuqaroning bandligi taʼminlandi. Shu bilan birga kasb-hunar va tadbirkorlikka 31 nafar fuqaro oʻqitilib, 65 ta loyihaga koʻra kredit mablagʻlari, 9 nafar ishsiz fuqaroga subsidiya ajartilishiga ham yordam berdi.

Mahallada aholiga qiyinchilik tugʻdirib kelayotgan mavjud muammolardan biri boʻlgan 1 ta eski transformator yangisiga almashtirildi. Hududdagi Shoʻrchi koʻchasining 1,8 km. qismiga tosh yotqizildi. Ayni paytda piyodalar yoʻlakchasi va bolalar maydonchasini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Hokim yordamchisi Rashid Oʻrozimbetovning bu yilgi niyatlari, rejalari ham katta. U fuqarolar yigʻini masʼullari bilan bamaslahat holda yana 190 nafar aholining bandligini taʼminlashga, 126 nafar fuqaroning oʻzini oʻzi band qilishiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. Undan tashqari, mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda “drayver” loyihalarni hamda investitsiya dasturlariga kiritilmagan “mikroloyiha”lar amalga oshirilishida koʻmaklashish, aholini tadbirkorlikka jalb etish orqali daromadga ega boʻlishini taʼminlash boʻyicha ham saʼy-harakatlar olib bormoqda.

Mahallaning suyanchi va elning tayanchiga aylangan hokim yordamchisi Rashidjon Oʻrozimbetov hudud aholisining haqiqiy koʻmakchisiga aylanmoqda. Davlat rahbariga va yurtdoshlariga kamarbasta boʻlayotgan Doʻstlik mahallasi hokim yordamchisiga biz ham kuch-quvvat tilaymiz.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026