Tuman hokimining toʻlqinlik yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi
Bugungi kun yoshlari har tomonlama salohiyatga va iqtidorga ega ekanliklarini amalda isbotlamoqda. Turli soha va yoʻnalishlarda yutuqlarni qoʻlga kiritayotgan oʻgʻil-qizlarimizning muvafaqqiyati soʻzimizga isbot boʻla oladi.
Ammo, yaratilayotgan imkoniyatlar va sharoitlarga qaramasdan turli muammo va toʻsiqlarga duch kelayotgan, oʻz qiziqishi boʻyicha kasb yoki hunar egallab, iqtidorini namoyon qila olmayotgan yoshlar soni ham kam emas. Ana shunday yoshlarni qoʻllab-quvvatlash masalasi esa hokim va yoshlar uchrashuvlari orqali hal qilinmoqda.
Amudaryo tumanining Toʻlqin ovulida oʻtkazilgan shu kabi navbatdagi uchrashuvda tuman hokimi, hokimlik masʼullari, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari, umumtaʼlim maktab direktorlari ishtirok etib, yoshlarning taklif va muammolaridan iborat murojaatlarini tingladilar.
Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev olib bordi hamda davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan barcha qaror va farmonlar negizida Vatan kelajagini oʻz taqdirida koʻruvchi fidoiy yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishdek ezgu amallar majassam ekanini taʼkidladi.
Shuningdek, yigʻilishda yoshlarning bandligini taʼminlash, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, yosh tadbirkorlar safini kengaytirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilangan rejalar asosida olib borilayotgani qayd etib oʻtildi.
Shundan soʻng tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabov Xalq qabulxonasiga oʻz muammolari bilan kelgan har bir fuqaroning murojaatlari imkon qadar bartaraf etilishiini aytib, tumanimizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlarning muammolari ham sayyor qabul tarzida koʻrib chiqilayotganligini va hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmasligini taʼkidladi.
Uchrashuvda ovulning faol yoshlari oʻzlarini qinayotgan muammolar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qilishdi. Shu bilan birga oʻzlarining gʻoya va takliflarini bildirib, koʻrsatmalar olishdi. Murojaatlar tuman hokimi tomonidan alohida nazoratga olinib, oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqilishi va amaldagi tartib asosida murojaat egalariga yordamlar koʻrsatilishi maʼlum qilindi.
Bugun yoshlar yaratilayotgan har bir imkoniyatdan unumli foydalanishga intilmoqda. Uchrashuv davomida berilgan savollar va bildirilan muammolardan ham bilsa boʻladiki, bugun har bir oʻgʻil-qizning oʻz rejalari va maqsadlari bor. Chunki, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosati ularni yanada ilhomlantirmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶