HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI QONUN BILAN TARTIBGA SOLINADI
Mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilingan.
Mazkur Qonunga koʻra, huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish kabilardan iborat.
Undan tashqari, huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish ham profilaktika davomida amalga oshiriladigan chora-tadbirlardir. Jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish, huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʻzaro hamkorligini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kabilar ham shunga kiradi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish nafaqat davlat organlarining, balki shu jamiyatning aʼzosi hisoblangan har bir insonning vazifasidir.
Sh.Vaisniyazov, tuman Adliya boʻlimi YuXKM bosh yuriskonsulti,
1-darajali yurist.
A.Tojiboyev, YuXKM bosh yuriskonsulti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶