02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:36
Jamiyat 👁 206

MAHALLALAR KOʻChALARI OBODONLAShTIRILIB, AHOLIGA QULAYLIK YaRATILMOQDA

MAHALLALAR KOʻChALARI OBODONLAShTIRILIB, AHOLIGA QULAYLIK YaRATILMOQDA

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xalq farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yaxshilash, eng chekka hududlar aholisi uchun ham munosib va sifatli turmush tarzini shakllantirish, xalqimizning oʻz hayotidan rozi yashashlari uchun zarur boʻlgan imkoniyatlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining ijrosini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli qurilish-obodonlashtirish ishlari ovul va mahallalar qiyofasini tubdan oʻzgartirib yubordi.

Mazkur Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tumani hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, ovul va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tumanda ushbu maqsadlar uchun 25 mlrd. 595 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan. Unga koʻra, jami 26 ta obʼektda, jumladan 20 ta mahallada ichki yoʻllarni taʼmirlash, 2 ta mahallada suv inshootlarini rekonstruktsiya qilish, 2 ta mahalla uchun maʼmuriy bino barpo etish, 1 ta mahallada bolalar sport maydonchasini yangidan qurish, 1 ta mahallada elektr tarmoqlarini tortish ishlarini amalga oshirish belgilangan.

Ovul va mahallalarni obodonlashtirish maqsadida ajratilishi koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 20 ta ovul va mahallalar hududidagi umumiy qiymati 11 mlrd. 267 mln. soʻmlik 55,2 km. uzunlikdagi ichki yoʻllarni taʼmirlash, shundan 51,5 km. qismiga shagʻal-tosh yotqizish, 1,6 km. qismiga asfalt qoplamasini va 2,1 km. uzunlikdagi koʻchalarga tosh-shagʻal aralashmasi qoplamasini yotqizish ishlarini amalga oshirish belgilangan boʻlib, ayni paytda, rejalashtirilgan jami obʼektlarda 350 mln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, tumandagi Namuna, Qumyop mahallalari, Qipchoq shaharchasi, Doʻstlik, Xizr eli, Yuqori qishloq, Jumurovul, Daryoboʻyi, Arna boʻyi, Gulzor, A.Navoiy nomli mahallalar hamda Oʻrta qalʼa ovul fuqarolar yigʻini hududlarida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan qurilish-taʼmirlash va bunyodkorlik ishlari pudratchi tashkilotlar tomonidan belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Mangʻit shahrining Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini hududida ham mavjud muammolarni bartaraf etish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan qurilish-taʼmirlash, obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, mahalla koʻchalarida tiklash-taʼmirlash ishlarining sifatli bajarilishiga asosiy eʼtibor qaratilmoqda. Mahalla hududida qiymati 334,3 mln. soʻmlik bolalar sport maydonchasini yangidan qurish, shuningdek, 2,7 metr uzunlikdagi koʻchalarda tiklash- taʼmirlash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish belgilangan boʻlib, ayni paytda hudud koʻchalarida olib borilayotgan keng koʻlamli qurilish-taʼmirlash ishlarini “Taxiatosh yoʻllardan muntazam foydalanish” idorasi yoʻl quruvchilari amalga oshirishmoqda.

Mahalla hududidagi “Iqbol” va “Shoʻrchi” koʻchalarining 2,7 metr qismiga shagʻal-tosh yotqizish, asfaltlash ishlarida mazkur idoraning yoʻl quruvchi-texnik ustasi Amanbek Arisov, avtogreyderchi Joldasbay Habiballuyev va katok agregatini Bayram Berdimuratovlar koʻchalarning sifatli taʼmirlanishida fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda. Chunki yoʻl va koʻchalarning obodligi ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholi uchun qulay va obod manzillar barpo etishdagi birinchi muhim vazifa ekanligini yoʻl quruvchi-ustalar juda yaxshi bilishadi. Mahalla ahli esa qor-yomgʻirli kunlarda noqulaylik tugʻdirayotgan koʻchalar tekis va ravon, obodonlashib borayotganidan mamnun.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026