01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 03:05
Jamiyat 👁 113

NURONIY ONAXONLAR XIVAGA SAYoHAT QILIShDI

NURONIY ONAXONLAR XIVAGA SAYoHAT QILIShDI

Millatning oʻziga xos maʼnaviyatini yuksaltirishda ayolning oʻrni va taʼsiri alohidadir. Chunki insonning ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari ona tarbiyasi bilan shakllanadi. Begʻubor goʻdakni yuq yuvib, oq tarab parvarishlab voyaga yetkazgunicha ayol qancha-qancha kun-tunlarni beorom oʻtkazmaydi deysiz? Oppoq-oydin orzulariga qorishgan, mehridan yaralgan allalar ijodkori ham, ijrochisi ham ayol. Bir qoʻlida roʻzgʻor, bir qoʻlida dunyo tashvishlarini koʻtarguvchi, qaynoq mehnati ila jamiyatga naf keltiruvchi ham ayoldir. Oila tinch-osoyishtaligi va demakki, jamiyat tinch-osoyishtaligi uchun fidoyilik ham ayol fitratiga xos.

Yurtimizda mukarrama, muhtarama va ulugʻ zot - onalarga, ayol-qizlarga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatilishi oliy qadriyatlarimizdandir.

Yaqinda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullari saʼy-harakatlari bilan tumanimizda uzoq yillar turli sohalarda mehnat qilib, barchaga oʻrnak boʻlgan bir guruh fidoyi onaxonlariga yuksak ehtirom koʻrsatildi. Koʻngillarda joʻshqinlik, yashashga ishtiyoq uygʻotuvchi fasli bahorning  ilk kunida 50 nafar onaxonlar  qadimiy va hamisha navqiron Xiva shahriga sayohatga olib borildi. Qulay va yumshoq oʻrindiqli avtobus xarajati “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi tomonidan toʻlandi. Koʻpchiligi oilasi bagʻrida keksalik gashtini surib yashayotgan nuroniy onaxonlar, qarilik pensiyasiga chiqib ham faoliyatini davom ettirayotgan ayollarni tashkilotchilar kelishuviga muvofiq malakali va bilimdon GID Sabohat Saʼudalleva iliq kutib oldi va shaharning qadimiy obidalari, ushbu obidalarni bunyod etgan tarixiy shaxslar xususida qiziqarli bayon qilib berdi.

Sayohatchilarga bepul tushlik ham tashkil etildi.

- Onalarini ulugʻlaydigan yurtimdan oʻrgilay, - deydi sayohatchilardan biri, hoji ona Oʻgʻiljon Oʻrozova. – Oyogʻimizni yerga bosmay yuz chaqirimcha yoʻl bosib, shu muqaddas qadamjolarga olib kelishganini ayting!

- Xivaga oldin necha marta kelgan boʻlsam ham, bugungiday chuqur taassurot olmagandim. Sayohat uchun GID xizmati shu qadar muhim ekanligini endi bildim, - deydi uzoq yillar iqtisodchi boʻlib ishlagan Gulchehra opa Yoʻldosheva.

Sayohat hammada ham ulkan taassurotlar qoldirdi, tumanimizning turli jabhalarida mehnat qilib, nuroniy yoshga yetgan 50 nafar onaxonlar ham sayohatdan, ham bir kunlik diydorlashuvdan xursand, tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Gʻulomjon Duysenboyev, oʻrinbosari Bahodir Boltaboyevlardan minnatdor boʻldilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026