01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 03:05
Jamiyat 👁 152

TOShQALʼA MAHALLASI YoShLARINING IJTIMOIY FAOLLIGI OShMOQDA

TOShQALʼA MAHALLASI YoShLARINING IJTIMOIY FAOLLIGI OShMOQDA

Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intillektual salohiyatini oshirish, “Jaholatga qarshi - maʼrifat” tamoyili asosida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni mafkura maydonininig turli xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy dunyosini boyitish, alohida iqtidorga ega yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan taʼlim muassasalarida turli mavzularda tadbirlar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, shoir va yozuvchilar, jurnalistlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.

Yaqinda Toshqalʼa mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 34-sonli umumtaʼlim maktabi faollar zalida maktab oʻqituvchilari va yuqori sinflar oʻquvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi - maʼrifat” tamoyili asosida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida dildan suhbat tarzidagi uchrashuv tadbiri oʻtkazildi.

Uchrashuvda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi koordinatori, shoira Robiya Yoʻldosheva, Toshqaʼla mahalla fuqarolar yigʻini raisi Sarvar Sultonov, hudud boʻyicha profilaktika inspektori Inoyat Bobojonov, 34-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari va yuqori sinf oʻquvchilari hamda ota-onalar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv tadbirini mazkur maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Sherzod Sultonov ochdi va maktab oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ular oʻrtasida kitobxonlik muhitini yaxshilash, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning darsdan boʻsh vaqtlarida nazoratsiz qolishlarining oldini olish, uzrli sabablarsiz dars qoldirishlariga yoʻl qoʻymaslik borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida toʻxtaldi.

Shundan soʻng, Robiya Yoʻldosheva Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan olib borilayotgan maʼnaviy-tarbiyaviy ishlarga toʻxtalib, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning tungi vaqtlarda koʻngilochar maskanlarda ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurishlariga yoʻl qoʻymaslik, taʼlim-tarbiya muassasalarida belgilangan qonun-qoidalarga amal qilish har bir oʻquvchining zimmasidagi masʼuliyatli vazifa ekanligini taʼkidladi. Bu borada Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi bilan taʼlim muassasalari hamda hududlar boʻyicha profilaktika inspektorlari oʻrtasidagi hamkorlik asosida oʻtkazilayotgan turli mavzulardagi samimiy muloqot tadbirlarining ijobiy samara berayotganini hayotiy misollar orqali qayd etdi.

Tadbir davomida Toshqaʼa mahallasi hududi boʻyicha profilaktika inspektori Inoyat Bobojonov mahalla fuqarolar yigʻini oqsoqoli, yoshlar yetakchisi hamda xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda voyaga yetmaganlar bilan ishlashish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy ishlar xususida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, tungi vaqtlarda oʻquvchi-yoshlarning toʻy va boshqa marosimlarda qatnashishlariga barham berish, ularning iqtidorlarini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida hududdagi ibratli oilalar vakillari, taniqli insonlar ishtirokida oʻtkazilayotgan “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, “Keksalar oʻgiti – baxt kaliti”, “Kitob – yuksak maʼnaviyat va yorqin hayot sari eltuvchi kuch” mavzusida oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va erishilayotgan natijalar haqida soʻz yuritdi.

Shuningdek, tadbirda Toshqalʼa mahalla fuqarolar yigʻini raisi Sarvar Sultonov ham soʻzga chiqib, maktab oʻquvchisining bir soat dars qoldirishi oʻz hayotida erishishi mumkin boʻlgan yutuqlarning maʼlum qismini yoʻqotish bilan baravar ekanligini taʼkidlab, oʻquvchi-yoshlarga qimmatli maslahatlarini berdi.

Uchrashuv tadbirida maktabning yosh ijodkor oʻquvchilaridan Zarina Tozaboyeva, Hayotxon Hayitboyeva, Venera Shomurodova, Ulboʻlsin Temirova hamda Mashhura Qunduzboyevalar oʻz ijodlaridan namunalar oʻqib berishdi. Shu bilan birga huquqiy-maʼrifiy mavzulardagi savollar bilan murojaat etdilar. Oʻquvchi-yoshlarning barcha savollariga masʼullar tomonidan javoblar va zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv tadbiri davomida Robiya Yoʻldosheva Amudaryo televideniyesi ijodiy jamoasi tomonidan toshqalʼalik oʻquvchi-yoshlar hayotiga oid muammolar, xususan, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlarni oʻrganish jarayonida sezilarli yutuqlar qayd etilganini mamnuniyat bilan bildirdi. Ayniqsa, mahalla masʼullarining manzilli reja asosida hududdagi umumtaʼlim maktablari pedagogika jamoalari va ota-onalar bilan hamkorligi yaxshi yoʻlga qoʻyilgani tufayli voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlikka, oʻquvchilarning uzrli sabablarsiz dars qoldirish holatlariga barham berilib, huquqbuzarliklar keskin kamayganini alohida eʼtirof etdi.

Tadbir yakunida Robiya Yoʻldosheva ijodkor yoshlar bilan dildan, samimiy muloqot oʻtkazib, oʻzining ona Vatanni madh etuvchi, vatanparvarlik mavzusidagi sheʼrlaridan oʻqib berdi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv tadbiri toshqalʼalik yoshlar uchun haqiqiy maʼnaviyat saboqlarini taqdim etgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Ravshan BAHRAMOV, Mahmudjon ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026