01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 04:26
Jamiyat 👁 246

YOʻL-PATRUL XIZMATI XODIMLARI TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISh MAQSADIDAGI REYD TADBIRLARINI OʻTKAZIShDI

YOʻL-PATRUL XIZMATI XODIMLARI TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISh MAQSADIDAGI REYD TADBIRLARINI OʻTKAZIShDI

Yoʻllarda haydovchilar tomonidan yoʻl harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslarini buzish holatlarini aniqlash maqsadida muntazam ravishda reyd tadbirlari tashkil etilib boriladi. Bunday tadbirlar yoʻllardagi harakatlarni tartibga solish, shuningdek, turli xavfli hodisalarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Amudaryo tumanida ham Ichki ishlar boʻlimining yoʻl-patrul xizmati boʻlinmasi xodimlari tomonidan reyd tadbirlari oʻtkazilib, qoidabuzarliklar va turli koʻrinishdagi transport hodisalarining oldini olishga doir tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib borilmoqda.

Tuman hududidagi transport yoʻllarida koʻngilsiz hodisalarning oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbirida ham 15 nafar yoʻl-patrul xizmati xodimlari qatnashishdi. Ushbu xodimlar tomonidan turli koʻrinishdagi qoidabuzarlik holatlari aniqlandi va tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tadbir davomida yoʻl harakati xavfsizligi qoidalarini buzgani uchun maʼmuriy jazoga tortilgan va qarzdorlik muddati 60 kundan oʻtgan hamda hujjatlari nosoz boʻlgan 123 nafar haydovchilar aniqlandi. Ularga bu holat boʻyicha bayonnomalar rasmiylashtirib, avtotransport vositalari tegishli tartibga koʻra vaqtinchalik jarima maydonchasiga qoʻyildi.

Maʼlumki, 2019-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning yoʻl harakati qoidabuzarliklari toʻgʻrisidagi ayrim moddalariga tuzatishlar kiritilgan edi. Kodeksning 126-moddasi boʻyicha birinchi bor qoidabuzarlik sodir etilganda jarimalar eng kam ish haqining 25 baravarigacha va maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganda jarimalar eng kam ish haqining 40 baravarigacha oshirildi. Shuningdek, avtomobilning qoraytirilgan oynasi texnik reglamentga muvofiq boʻlmaganda yoxud haydovchida maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlmaganda jarimalar qoʻllaniladi.

Svetoforning taʼqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taʼqiqlovchi ishorasida toʻxtash chizigʻini bosib kirganlik va «qizil»da oʻtganlik uchun alohida javobgarlik belgilandi. Ushbu qoidalarga koʻra svetoforning yoki tartibga soluvchining taʼqiqlovchi ishorasida toʻxtaganda transport vositasining eng oldingi nuqtasi toʻxtash chizigʻi ustiga chiqib ketmasligi kerak. Agar qoidabuzarlik sodir etilsa, bunga ham tegishli miqdorida jarima solinadi.

Oʻz navbatida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlash muddati uzaytirildi. Endi u foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoki qayd etilmaganidan qatʼiy nazar, qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran 60 kundan kechiktirilmay, uning ustidan shikoyat berilgan hollarda esa – shikoyat qanoatlantirilmay qoldirilganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay jarimani toʻlash kerak. Ilgari ushbu muddatlar faqat kamera obʼektivlari ostiga tushgan jarimalar boʻyicha qoʻllanilar edi, qolgan hollarda esa qoidabuzar 15 kunda uni toʻlashi talab etilardi.

Reyd tadbiri davomida yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan qoidabuzarlarga ushbu tartib toʻgʻrisida toʻliq tushunchalar berilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Shu bilan birga yoʻl harakati qoidalariga muntazam ravishda amal qilinish kerakligi, bu bilan turli koʻngilsiz hodisalarning oldini olish mumkinligi batafsil tushuntirildi.

M.Mirzamurodov, tuman IIB JXKB boshligʻi, mayor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026