02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:36
Jamiyat 👁 196

KASBGA MEHR

KASBGA MEHR

Yurtimizda ustoz va murabbiylar mehnati yuksak qadrlanayotgani zamirida ularga xalqimizning hurmat-ehtiromi mujassam. Muyassar Ishniyozova ham kasbiga mehri bilan koʻpchilikning hurmatini qozongan ustoz.

Muyassarning koʻnglida oʻqituvchilikka havas uygʻonganida hali boshlangʻich sinf oʻquvchisi edi. Bu bejiz emasdi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Xamzina Olga Fyodorovnaning saboq berishdagi mahorati, bolajonligi, sinfdagi har bir oʻgʻil-qizni oʻz farzandidek yaxshi koʻrib, har bir mashgʻulotni ularning koʻngliga joylash uchun kuyunishlari Muyassarning havasini keltirar, ustozi oʻrnida goʻyo oʻzini tasavvur qilib koʻrardi. Maktabni tugatib, Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari universitetining rus tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirganida ham, oliygohni imtiyozli diplom bilan tugatib kelganida ham shu orzu uni tark etmadi. Ammo 1994-yil ilk oʻqituvchilik faoliyatini boshlagan damlarida Olga Fyodorovna kabi sevimli ustoz boʻlish uchun ancha mehnat qilishi lozimligini angladi: chunki u ilk darsini  30-sonli maktabning 11-sinfida boshlagan edi. Mustaqil hayot boʻsagʻasiga kelib qolgan, boʻylari boʻyiga teng oʻquvchilar deyarli har darsida muallima qizga bir shumlik qilishardi, goh biri stol ustidagi sumkasini yashirsa, goh biri doskaga oʻgirilganida uning oʻrniga borib oʻtirardi.

Muyassar bolalarning koʻngliga yoʻl topish oson emasligini angladi. Biroq shu kasbni  tanlaganidan oʻkinmadi, asabiylashganini ularga sezdirmaslikka intildi, maktabning tajribali oʻqituvchilarining, bir umr 31-sonli maktabda oʻquvchilarga taʼlim bergan onasi Roziya Gabdulhayevalarning maslahatlariga amal  qilib, oʻzini munosib tutishga, oʻquvchilarning hurmatini qozonishga intildi va uddasidan chiqdi. Oradan oʻtgan 29-yil mobaynida qancha-qancha oʻquvchilarga dars berdi, koʻnglida ilm-fanga havas uygʻotdi, yaxshi insonlar boʻlib yetishishiga, hayotda oʻz oʻrinlarini topishiga koʻmaklashdi.

Oliy toifali oʻqituvchi bulardan tashqari, tumanimiz maktablarining rus tili va adabiyot fani oʻqituvchilariga trener oʻqituvchi sifatida mashgʻulotlar oʻtib, mahorati oshishiga hissa qoʻshdi.

Muyassar Ishniyazovaning taʼlim bergan oʻquvchilari Bilimlar bellashuvi, asosiy fanlar olimpiadalarida doim faxrli oʻrinlarni egallashadi. Shunday damlarda u mehnatlari samarasidan juda quvonadi, oʻzi ham oʻqish, oʻrganishdan toʻxtamaydi. Shuning uchun ham yaqinda imtihondan 86 ball toʻplab, rus tili va adabiyoti fanini  bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikatni olishga erishdi.

– Men ilk saboq bergan oʻquvchilar hozir ellik yosh ostonasiga borib  qolishdi. Koʻrishib qolsak, maktabdagi shoʻxliklarini eslab, kulishamiz, “ustoz”, deya ehtirom koʻrsatishlaridan quvonib ketaman. Hayotimning bolalarga bagʻishlangan damlaridan minnatdor boʻlaman, kasbimga mehrim oshaveradi, –  deydi Muyassarxon.

Ha, uni el-yurtda, mehnat jamoasida, oʻquvchilari orasida hurmat-eʼtiborli qilgan – kasbiga mehri. Shunday fidoyi ustozlar doim omon boʻlsin, deymiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026