AMUR TEMUR NOMLI OVUL YoShLARI OʻRTASIDA JINOYaTChILIKNING OLDINI OLIShGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy-maʼnaviy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga koʻmaklashish hamda oʻsib kelayotgan yosh avlodni mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish, ayniqsa, yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishga hissa qoʻshish maqsadida “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan taʼlim muassasalarida va jamoat tashkilotlarida turli xil mavzularda davra suhbatlari, insholar tanlovlari, targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri “Yuksak maʼnaviyatli va axloqiy yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini binosida ham oʻtkazildi. Unda fuqarolar yigʻini masʼullari, “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodkorlari, ovul faollari va yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda “Jaholatga qarshi - maʼrifat” tamoyili asosida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil, muqaddam sudlangan va jinoyat sodir qilgan shaxslar bilan ishlashish borasida Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini masʼullari tomonidan amalga oshirilayotgan maʼnaviy-tarbiyaviy targʻibot ishlari xususida Amir Temur nomli OFY raisi Oybek Yusupov batafsil maʼlumot berib, hudud boʻyicha profilaktika isnpektori, xotin-qizlar faoli, nuroniylar masalalari boʻyicha OFY raisining oʻrinbosari hamda yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikdagi huquqiy-tarbiyaviy tadbirlarning ijobiy natijalari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” loyihasi koordinatori, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Robiya Yoʻldosheva “Mening oilam” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan huquqiy-tarbiyaviy targʻibot tadbirlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari va boshqa nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkillashtirilayotgan davra suhbatlari, oshkora va samimiy muloqot tarzidagi uchrashuvlarning yoshlar hayotida tutgan oʻrni hamda kutilayotgan natijalar xususida maʼruza qildi.
Tadbir davomida hududiy profilaktika inspektori Behzod Norboyev ovul yoshlari oʻrtasida har haftada tashkillashtirilayotgan tarbiyaviy suhbatlar, ayniqsa, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tufayli jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlari kamaygani xususida toʻxtalib, hudud faollari bilan hamkorlikdagi ishlar yaxshi natija berayotganini alohida taʼkidladi.
Haqiqatan ham ovulda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil, muqaddam sudlangan va jinoyat sodir qilgan shaxslar bilan ishlashish jarayonida sezilarli natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa, jinoyat qilishga moyil, muqaddam sudlangan, ayni paytda probatsiya tartikida hisobda turgan shaxslar bilan muntazam ravishda oʻtkazilayotgan tarbiyaviy suhbatlar oʻzining ijobiy natijasini bermoqda.
Tadbirda qilgan jinoyati tufayli muqaddam sudlangan shaxslar, aka-uka Nursulton va Nurmuxan Shomurodovlar ham ishtirok etishib, hamqishloqlari oldida qilgan jinoyatlaridan pushaymon ekanliklarini bildirishdi.
Ayni paytda probatsiya tarkibida hisobda turuvchi Nursulton va Nurmuxan Shomurodovlar “egilgan boshni qilich kesmaydi” degan xalq oʻgitiga amal qilishib, hamqishloqlariga chin dildan pushaymonlik bilan boshqa bunday nomaʼqul ishga qoʻl urmasliklarini bildirib, kechirim soʻrashdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan ovul faollaridan biri, keksa onaxon Amina momo Norboyeva “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” ekanligini aytib, xato qilgan yoshlarni toʻgʻri yoʻlga solish, ularning hayotlari izga tushib ketishiga koʻmaklashish barchaning zimmasidagi masʼuliyat ekanligini taʼkidladi.
Boʻlib oʻtgan tadbir yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlarni tarbiyalash, ovul yoshlari bilan ishlashish boʻyicha hududiy profilaktika inspektorining muqaddam sudlangan va jinoyat qilishga moyil shaxslarning ovul faollari ishtirokidagi oshkora muloqot tarzidagi uchrashuvlari mazmun-mohiyati jihatidan ibratga munosib ekanligi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Ravshan Bahromov, Mahmudjon Shomurodov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶