EL XIZMATIDAGI IChKI IShLAR XODIMASI
Tuman Ichki ishlar boʻlimining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori Inobat Oʻrozmatovaning sohada faoliyat boshlaganiga hali koʻp boʻlmadi. Ammo qisqa vaqt ichida tuman ayollariga ijtimoiy, moddiy, psixologik koʻmak berish borasida samarali ishlarni amalga oshirishga ulgurdi.
– Oʻzbek ayollari azaldan oʻzining sabr-qanoti, matonati va andishasi bilan ajralib turadi. Ayollarimiz tazyiq va zoʻravonlik qurboni boʻlmasligi uchun biz joylarda ular bilan koʻplab targʻibot tadbirlarini tashkil etyapmiz. Shunga qaramasdan, ayollarimiz asosan oʻz turmush oʻrtoqlaridan, bundan tashqari, aka-ukalarining ham tazyiqlariga uchrash holatlari hamon qayd qilinmoqda, – deydi tuman IIB JXX HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, leytenant Inobat Oʻrozmatova.
Bu esa ayollarning haq-huquqlarini himoya qilishda bir qancha qiyinchiliklar tugʻdiradi. Inspektorning tegishli chora-tadbirlarni muntazam ravishda amalga oshirayotgani natijasida shunday ayollarning jamiyatda faol boʻlishlariga, shu bilan birga ularning hayotda oʻz oʻrnini topishlariga imkon yaratib kelinmoqda.
Oʻtgan yili “Himoya orderi” olgan 158 nafar xotin-qizga mahalla faollari va profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda amaliy koʻmaklar berildi. Hozir ham ularning holidan xabar olinib turiladi. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanayotgan xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirilib, hayoti yaxshilanishiga yordam berib kelinmoqda.
Inobat Oʻrozmatova Respublika Ichki ishlar vazirligida tashkil qilingan “Orol yulduzlari” jamoasining faol aʼzosi. Jamoa oʻtgan yili Toshkent shahrida viloyatlar oʻrtasida oʻtkazilgan “Sanʼatda havaskor isteʼdodlar” Respublika koʻrik-tanlovida faxrli 1-oʻrinni egallab, gʻolib boʻldi. Bunda Inobat Oʻrozmatovaning ham hissasi katta.
Ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda fidoyilik koʻrsatib kelayotgan tuman Ichki ishlar boʻlimi katta inspektori Inobat Oʻrozmatovaga muvaffaqiyat tilaymiz.
Raʼno Maqsudova, Chordara mahallasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶