01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:34
Jamiyat 👁 337

AMUDARYoDA UCh AVLOD VAKILLARI UChRAShDI

AMUDARYoDA UCh AVLOD VAKILLARI UChRAShDI

Haqiqiy bahor tantanasi boshlangan shukuhli kunlarning biri – 27-mart kuni Amudaryo tumanida tarix, bugun va kelajakni oʻzida ifoda etadigan “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi.

Uchrashuvning dastlabki qismi Olmazor mahallasidagi Xotira maydonida tashkillashtirildi. Bayramona bezatilgan maydonga tumanimizning turli hududlaridan kelgan keksa avlod vakillari, mahalla va ovullar faollari, yoshlar, jami 200 nafardan ziyod fuqarolar joylashdilar. Ekranda hududimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ularda turli millat vakillarining ishtirokini aks ettiruvchi lavhalar kishi eʼtiborini tortadi.

Tadbirda asosan oʻzining bosib oʻtgan hayot yoʻli bilan zamondoshlariga ibrat boʻladigan, Ikkinchi jahon urushi davrida yoshligi oʻtgan, front ortida mehnat qilgan, oʻzining mehnati bilan qadr topgan, davlatimizning koʻplab mukofotlari bilan taqdirlangan nuroniylar va oʻrta avlod vakillari, oʻqishda, ishda va sportda katta yutuqlarga erishgan yoshlar qatnashdilar.

Xotira maydonida xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli maktablar tomonidan tayyorlangan millatlararo totuvlikni, Oʻzbekistondagi oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, rus, koreys millatlarining madaniyati, urf-odatlari, kuy-qoʻshiqlari, kiyinishi va boshqalari aks ettirilgan koʻrgazmalar namoyishini barcha qiziqib tomosha qildi.

Tadbirda keksa avlod vakillarining oʻqishda va ishda katta yutuqlarga erishgan yoshlar bilan uchrashuvi juda hayajonli boʻldi. Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining sport-texnika klubi texnikalari va sportchilari faoliyati, tumanimizning iqtidorli yoshlari vakillari, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, “Yosh kitobxon oila” koʻrik-tanlovi gʻoliblari, sport sohasida katta yutuqlarga erishgan sportchilar hamda baynalminal jangchilar bilan uch avlod vakillarining tanishuvlari, muloqotlari, fikr almashuvlari boʻlib oʻtdi.

Shundan soʻng, tadbir ishtirokchilari Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar, gullar qoʻydilar, tuman tarixi muzeyi bilan tanishdilar.

Uchrashuv “Gulzor” mahallasidagi “Sher” toʻyxonasida davom etdi. Tadbirda tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etildi. “Bir piyola choy ustida” davom etgan suhbatda nuroniylar, faollar, deputatlar, oʻrta avlod hamda yoshlar vakillari soʻzga chiqdilar. Tadbir ishtirokchilariga tumanimizning taniqli insonlari va ularning faoliyati haqidagi videoroliklar namoyish qilindi, sanʼat ustalarining kontsert dasturi taqdim etildi, bayramona bezatilgan dasturxonga osh tortildi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi Tursunboy Abdijabbarov qatnashdilar va nutq soʻzladilar.

Shuningdek, tadbirda bir guruh mehnat faxriylariga, yakka-yolgʻiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa avlod vakillariga “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi hamda tuman hokimligi tomonidan tayyorlangan pul mablagʻlari va sovgʻalar berildi.

“Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026