14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:20
Siyosat 👁 321

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 59-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 59-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 31-mart kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 59-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani tuman hokimi – Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va olib bordi.

Sessiya kotibligiga 2-Chordara saylov okrugidan deputat Muyassar Raxmatullayeva saylandi.

Sessiyada dastlab mahalliy byudjetning 2023-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan ajratiladigan mablagʻlar toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayevning hisoboti tinglandi.

Keltirib oʻtilganidek, erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan “Ayollar daftari”  va “Yoshlar daftari” jamgʻarmasining har biriga 22 mln. soʻm, “Fuqarolar tashabbusi” jamgʻarmasiga 44 mln. soʻm sarflanishi belgilangan. Deputatlar tuman hokimi oʻrinbosarining taklifini atroflicha muhokama qilib, bir ovozdan maqulladilar.

Sessiya ishida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda, hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini oʻrganish toʻgʻrisida tuman Xalq qabulxonasi boʻlimi mudiri Erkin Rajabovning axboroti tinglandi.

 Kun tartibidagi masala yuzasidan axborotda hokim yordamchilarining murojaatlar bilan ishlash samaradorligi boʻyicha maʼlumotlar berildi. Qayd qilinganidek, 2023-yil fevral oyida hokim yordamchilari tomonidan 499 nafar shaxsning bandligi taʼminlangan boʻlib, shundan 34 nafari doimiy ish bilan, 86 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan boʻlsa, 940 nafari oʻzini-oʻzi band etgan.

Sessiya ishida “Oʻzbekiston Respublikasi   Prezidentining “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yakinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi boʻyicha tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari Hakimjon Sobirovning hisoboti tinglandi.

Hisobotda keltirib oʻtilganidek, 2022-yil davomida tumanda 18-40 yoshdagi aholi soni 38 463 nafarni tashkil etdi. Shundan tarmoq reja boʻyicha 37 477 nafar fuqaro profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan tibbiy koʻrik natijasida 4081 nafar fuqaroda kasallik aniqlangan. Shularning 406 nafari statsionar sharoitda 3675  nafari ambulator sharoitda sogʻlomlashtirilgan.

Sessiya davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Dehqon xoʻjaliklari tashkil etishni qoʻllab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi  qarori ijrosi yuzasidan tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Palvonov hisobot berdi.

Hisobotda dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish, chorvachilik, paxta-gʻallachilikni rivojlantirish maqsadida zahira yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qoʻyish boʻyicha taklif berildi. Taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullandi.

Sessiya ishida “Oʻzbekiston Respublikasining Referendumi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq, tumandagi 64 ta referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar roʻyxatini tasdiqlash masalasi ham koʻrib chiqildi va mazkur masala yuzasidan Kengash qarori qabul qilindi.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019