INTILUVChAN YoShLAR MASKANI
Mamlakatimizda yoshlarning har tomonlama komil insonlar boʻlib voyaga yetishlariga alohida eʼtibor qaratiladi.
Bizning kollejimizda ham yoshlarning oʻqib, ilm olishlari va kasb-hunar oʻrganishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Taʼlim maskani shinam va zamonaviy oʻquv xonalari va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarini oʻz ichiga olgan. Fan xonalari dars jarayoni uchun zarur shart-sharoit va koʻrgazmali vositalar bilan taʼminlangan boʻlsa, oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonasi tikuvchilik, toʻquvchilik, elektr-gaz payvandlash, suv va gaz tarmoqlarini montaj qilish va taʼmirlash hamda boshqa mutaxassisliklarni chuqur oʻrganish uchun zamonaviy dastgohlarga ega.
Mana shunday qulay sharoitlarda yoshlarga taʼlim-tarbiya berib, fan va kasb sirlarini oʻrgatayotgan oʻqituvchilardan Gulasal Yodgorova, Jasur Chorshamov, Akram Xolboyev, Nafosat Oʻrozimbetovalarning nomlarini tilga olish oʻrinli. Izzat Yoʻldoshev, Mahmud Rahimboyev, Kamola Chorshamova, Goʻzal Sharipova kabi oʻquvchilarimiz esa kollejimiz faxridir.
Oʻquvchilarimiz yaqinda boʻlib oʻtgan fanlar olimpiadasida ham faol qatnashib, yuqori natijalarga erishdilar. Rus tili fanidan Elmira Shabayeva, qoraqalpoq tilidan Roza Abdurahmonova, tarix fanidan Ziyoda Davlatboyeva, kimyo fanidan Shoira Yunusovalar olimpiadaning keyingi bosqichga yoʻllanma oldilar. Ularning bu yutuqlarida Nilufar Qoʻchqorova, Dildora Avezova, Nodir Yusupovlarning hissalari katta.
Ishonchimiz komilki, kollejimizda tahsil olayotgan oʻquvchilarimizning har biri namunali xulqi, bilimi va hunari bilan kelgusida yurt koriga yaraydigan insonlar boʻlib yetishishadi.
Biz – oʻqituvchilar esa ularning davlatimiz va jamiyatimiz uchun nafi tegadigan munosib kadrlar boʻlib yetishishi yoʻlida bor kuch va gʻayratimizni, bilim va tajribalarimizni aslo ayamaymiz.
Barno OZODOVA, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶