01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:34
Jamiyat 👁 230

AMUDARYo TELEVIDENIYeSINING GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “ONALAR OʻGITI” TADBIRI OʻTKAZILDI

AMUDARYo TELEVIDENIYeSINING GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “ONALAR OʻGITI” TADBIRI OʻTKAZILDI

Inson dunyoga kelgan ilk kunidan boshlab oila bagʻrida ulgʻayadi. Ota-onasi, yaqinlari mehr-muhabbati bilan olamni taniydi. Mahallasi, kindik qoni tomgan ona Vatanini ham oilasi orqali idrok etadi. Shu bois, oila qoʻrgʻonini mehr-muhabbat, baxt-iqbol koshonasi, deya taʼriflaymiz. Oilaning inson uchun qadr-qimmati shunchalar qadrli va buyukki, qayerda, qanday mashgʻulot bilan mashgʻul boʻlmasin, kun davomida koʻz qarogʻida oʻzi va yaqinlari uchun muqaddas goʻsha – oilasi surati muhrlanib turadi va uni bagʻriga chorlayveradi.

Amudaryo tumanining goʻzal Doʻrman qishlogʻidagi 84-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan “Onalar oʻgiti” tadbirida koʻpni koʻrgan nuroniy onaxonlar oila saltanatining milliy-maʼnaviy asoslari, ota-onalarning farzandlari oldidagi faroʻandlarning esa ota-ona oldidagi burch va majburiyatlari, odamiylik, oʻzaro mehr-oqibat tamoyillarini oʻzida mujassam etgan oila qadriyatlari xususida va bu milliy-maʼnaviy oila qadriyatlarining tarbiyaviy ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritdilar.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular ongida Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhini shakllantirish maqsadida Amudaryo televideniyesining tadbir boʻlib oʻtdi. “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi doirasida “Buvijonlar maktabi” aʼzolari ishtirokida joriy yilning 6-aprel sanasida boʻlib oʻtgan mazkur “Onalar oʻgiti” tadbirida Doʻrman qishlogʻida istiqomat qiluvchi nuroniy onaxonlar – faxriy pedagog Rohatoy Raimova, mehnat faxriysi Sanamjon Rajabova, 84-sonli maktab direktori Erkin Qurbonboyev, mazkur maktabning rus tili fani oʻqituvchisi, qishloqdagi ibratli oila sohibasi Tursungul ona Matsafoyevalar hamda 84-sonli umumtaʼlim maktabining yuqori sinf oʻquvchilari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Erkin Qurbonboyev ochdi va oila qadriyatlari, shuningdek, farzandlar tarbiyasida aziz onaxonlarimiz, moʻʼtabar buvijonlarimizning tutgan oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng, “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – jamiyat poydevori” loyihasining koordinatori, jurnalist Robiya Yoʻldasheva mazkur loyihaning yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlarni tarbiyalashdagi ahamiyati va ushbu loyihadan kutilayotgan natijalar xususida batafsil tushunchalar berdi.

Tadbir davomida hoji ona, faxriy pedagog Rohatoy ona Rahimova yoshlarga mustahkam oila qurishning jamiyatga foydasi, oʻsib kelayotgan yosh avlodning  har tomonlama yetuk va mukammal insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun oilada ahamiyat berish juda muhim boʻlgan jihatlarga toʻxtalib, yoshlarga kelgusida bu borada xatoga yoʻl qoʻymasliklari boʻyicha zarur oʻgit va maslahatlar berdi. Ayniqsa, shoshilinch turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida hayotiy  misollar orqali yoshlarga tushunchalar berib, ularni har qanday masalada, ayniqsa, oila qurishda shoshilmasdan ish tutishga daʼvat etdi.

Tadbir davomida doʻrmanlik nuroniy onaxon Sanamjon buvi Rajabova oʻzi hayotda hamisha amal qilgan tarbiyaviy qonun-qoidalar xususida soʻz yuritib, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash bu – ona Vatanning kelajagi uchun masʼuliyat hissi bilan yashash ekanligi alohida taʼkidladi.

Shundan soʻng, 84-sonli maktabning rus tili fani oʻqituvchisi Tursungul Matsafoyeva ham mustahkam oila jamiyat poydevori ekanligini, oilalarda toʻlaqonli sogʻlom muhit yaratishda ota-onaning va farzandlarning burch va majburiyatlari xususida qiziqarli maʼruza qilib, yosh qizlarni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat-eʼtiborli boʻlishga daʼvat etdi.

“Onalar oʻgiti” tadbirida oʻquvchi-yoshlar ham faol ishtirok etdilar. Xususan, 8-sinf oʻquvchisi Durdona Zaripova “Buvijonlar maktabi” aʼzolariga oʻzini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tengdoshlarini odobli-axloqli boʻlishga, ayni paytda, oilaviy hayotga tayyorgarlikning oʻta muhim va ilk bosqichi  - bilim olish, munosib kasb-korli boʻlishga chorladi.

“Onalar oʻgiti” tadbiri qizgʻin bahs-munozaralarga boy, yoshlarning faol ishtiroki bilan mazmunli oʻtdi.

Ravshan BAHRAMOV, Muyassar Xalillayeva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026