01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:34
Jamiyat 👁 428

“AMUDARYOTEX” XORIJIY KORXONASIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

“AMUDARYOTEX” XORIJIY KORXONASIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MAShQI OʻTKAZILDI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi - Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2023-yil 9-yanvardagi 1-sonli buyrugʻi hamda Amudaryo tumani hokimi - Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2023-yil 12-yanvardagi 1-sonli buyrugʻining 3-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan maxsus-taktik oʻquv mashqi rejasining ijrosini taʼminlash maqsadida, tuman hududidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi masʼuliyati cheklangan jamiyatida joriy yilning 12-aprel kuni “Iqtisodiyot obʼektida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmasi va obʼekt rahbariyatining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Oʻquv mashqiga, obʼektning fuqaro muhofazasi tuzilmasi xodimlari, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish davlat tizimi Amudaryo tumani boʻgʻiniga kiruvchi idora, korxona va tashkilotlarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi. Oʻtkazilgan maxsus-taktik oʻquv mashqini tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, mayor Salamat Berdekeyev va boʻlinma boshligʻi, kapitan Bekzod Tajibayevlar olib bordilar.

Oʻquv mashqini oʻtkazishdan maqsad tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda iqtisodiyot obʼekti rahbarlar tarkibi hamda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining toʻgʻri harakat qilish koʻnikmalarini takomillashtirish, boshqaruv organi va fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibini kechiktirib boʻlmaydigan avariya va qutqaruv ishlariga tayyorgarligini kuchaytirish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi shaxsiy tarkibining oʻz majburiyatlarini aniq va toʻgʻri bajarishini amaliyotda sinash va oʻrganish, tuman fuqaro muhofazasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirishdan iborat.

Unga koʻra, 1-bosqich “Obʼektda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tuzilmasi va obʼekt rahbariyatining harakatlari” mavzusida oʻquv mashqining nazariy qismi hamda saf koʻrigi obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi va tuman FVDqT xizmatlari boshliqlari bilan oʻtkazildi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqining 2-bosqichi obʼektda zilzila natijasida avariyalar sodir boʻlib, vayronalar ostida qolgan jabrlanganlarni qutqarish va obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi, yongʻin sodir boʻlganda yongʻin oʻchirish guruhining birinchi harakatlari va tuman Yongʻin-qutqaruv qismlarining favqulodda vaziyat sodir boʻlganda jabrlanganlarni qutqarish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatishlari, yongʻin oʻchirish vositalari bilan yongʻin oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish hamda obʼektda huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishda Milliy gvardiya Qoʻriqlash boʻlimining harakatlari amalda koʻrsatib berildi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqi jarayoniga « Amudaryotex» Xorijiy korxonasi Masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbarlar tarkibi va obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasidan 22 nafar, Milliy gvardiya xodimlaridan 6 nafar xodim va 2 ta texnika, tuman Ichki ishlar boʻlimidan 3 nafar xodim va 1 ta texnika, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan 7 nafar xodim va 2 ta maxsus texnika, Tez tibbiy yordam xizmatidan 3 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, tuman Sanitoriya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimidan 7 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, elektr tarmoqlari korxonasidan 4 nafar xodim va 1 ta texnika, “Amudaryotumangaz” gaz taʼminoti boʻlimidan 6 nafar xodim va 1 ta texnika, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi va Toza hudud Davlat unitar korxonasidan 2 nafar xodim, Telekommunikatsiya tarmogʻidan 3 nafar xodim, Suv taʼminoti masʼuliyati cheklangan jamiyatidan 3 nafar xodim va 1 ta texnika, Obodonlashtirish boshqarmasidan 4 nafar xodim va 1 ta maxsus texnika, Doʻstlik va Yangiobod MFY hamda obʼekt atrofidagi aholidan 20 nafar kishi, jami 90 nafar kishi va 11 ta maxsus texnikalar jalb qilindi.

Maxsus-taktik oʻquv mashqi yakuniga koʻra, «Amudaryotex» xorijiy korxona masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbarlari tarkibi va fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibi favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga «Cheklangan tayyor», deb baholandi va masʼullar tomonidan ishtirokchilarning kamchiliklari koʻrsatilib, kelgusida bunday kamchiliklarga yoʻl qoʻymasliklari toʻgʻrisida tushunchalar berildi.

X.MATYaKUBOV, Amudaryo tumani FVB boshligʻi, podpolkovnik.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026