PROFILAKTIKA INSPEKTORINING PROKURATURA ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI
Huquqbuzarlik sodir etilishining sababini ochishdan koʻra, uning oldini olish, yaʼni profilaktik jarayonlarni tashkil etish samarali natija beradi. Oʻzbekiston Respublikasida bu boradagi tegishli qonun va boshqa muhim hujjatlar – jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik jarayonning tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik asoslarini mustahkamlashda muhim omil boʻlmoqda.
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan bu boradagi oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda, yaʼni oʻzi faoliyat olib borayotgan hududda tinchlik-osoyishtalikni saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda prokuratura organlari bilan hamkorlikning yoʻlga qoʻ-yilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo huquqbuzarliklar profilaktikasida profilaktika inspektori bilan prokuratura organlarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish jarayonida asos boʻladigan qator normativ hujjatlarni tayyorlamasdan, qulay shart-sharoitlarni yaratmasdan natijalarga erishib boʻlmaydi.
Mahalladagi tinchlikni taʼminlash, profilaktik nazoratning barqarorligini yoʻlga qoʻyish, profilaktik tadbirlar oʻtkazish mahalla profilaktika inspektorining vazifasiga kiradi. Taʼkidlash joizki, profilaktika inspektori bilan birga prokuratura organlarining ham huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi 371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasida belgilab qoʻyilgan.
Profilaktika masalasi muayyan hududda yashovchi barcha fuqarolarning, shu hududdagi masʼul shaxslarning ham vazifasi hisoblanadi. Huquqbuzarliklarning oldini olish mahalladan boshlansa, yuqori boʻgʻinlarga borgunga qadar masalaning hal qilinishi uchun dastlabki qadam tashlangan boʻladi. Bu esa yurt tinchligi, qonunlar barqarorligini taʼminlashga qaratilgan ishlarning debochasi boʻladi.
Shohzodbek Bozorboyev, IIV Akademiyasi 314-guruh kursanti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶