30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:50
Jamiyat 👁 453

YOʻL-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISh MAQSADIDA YPX INSPEKTORLARI TOMONIDAN REYD TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

YOʻL-TRANSPORT HODISALARINING OLDINI OLISh MAQSADIDA YPX INSPEKTORLARI TOMONIDAN REYD TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Amudaryo tumani hududidagi transport yoʻllarida jamoat xavfsizligini taʼminlash va yoʻl-transport hodisalari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan targʻibot ishlari va profilaktika tadbirlarini yanada kuchaytirish maqsadida reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Navbatdagi reyd davomida yoʻl-patrul xizmati inspektorlari yoʻllarda harakatlanayotgan transport vositalari tomonidan amaldagi “Yoʻl harakati qoidalari”ga qay tarzda rioya qilinayotgani tekshirildi.

Reyd davomida qator qoidabuzarlik holatlari aniqlanib, shu boʻyicha 270 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Inspektorlar tomonidan tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqargan, odam tashish qoidalarini buzgan hamda boshqa turdagi qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻygan haydovchilarga nisbatan tegishli choralar koʻrildi. Shuningdek, 96 ta avtomashinalar jarima maydonchasiga qoʻyilib, qarzdorlik boʻyicha jami 37 mln. soʻm undirildi.

Taʼkidlash joizki, joriy yil boshidan shu paytga qadar Amudaryo tumani hududidagi transport yoʻllarida 3 ta yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida tuman Ichki ishlar boʻlimining yoʻl-patrul xizmati boʻlinmasi tomonidan 2022–2026-yillar davomida respublika hududida amalga oshirilishi moʻljallangan “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi asosida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ijrosi taʼminlanmoqda.

Rejaga muvofiq, tuman hududida “Diqqat, yoʻlovchi!”, “Diqqat, bolalar!”, “Diqqat, piyoda!” profilaktik va maxsus reyd tadbirlari muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda. Reydlar davomida aholi oʻrtasida ham yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, piyodalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida yoʻl harakati qoidalariga rioya etish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Serqatnov yoʻl boʻyida joylashgan taʼlim muassasalari, ayniqsa, piyodalar koʻp harakatlanadigan tuman markazidagi bozor va savdo majmualari yaqinida piyodalar oʻtish joylariga yoʻl harakati xavfsizligi xizmati va patrul-post xizmati, profilaktika inspektorlari biriktirilib, xavfli hodisalarning oldi olinmoqda. Biriktirilgan xodimlar harakat xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda aholiga piyodalarning yoʻllarda harakatlanish madaniyatini ham tushuntirib borishmoqda. Shuningdek, tuman markazidagi bozor va yirik savdo majmualari atroflari, taʼlim muassasalariga tarnsport haydovchilari va piyodalarga yoʻl harakati qoidalarini eslatuvchi bannerlar oʻrnatilishi taʼminlanib, tushuntirish-targʻibot ishlari oʻtkazilishiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Reyd tadbiri davomida yoʻlovchi va yengil yuk turdagi tashuvchi transport vositalari haydovchilari bilan avtoturargohlardagi va yoʻllardagi harakat vaqtida piyodalarga nisbatan hushyorlikni oshirish yuzasidan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Ushbu tadbirlar davomida haydovchi va piyoda yoʻlovchilarga yoʻl harakati qoidalarini, piyodalar bilan bogʻliq yoʻl-transport hodisalarining ayanchli oqibatlarini oʻzida aks ettirgan buklet va eslatmalar ham tarqatildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026