Sayyor qabullar – muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi
Mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, birinchi navbatda aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish, shuningdek, aholining bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan qonunlar, qator muhim davlat va hududiy dasturlar qabul qilindi. Mazkur hujjatlarning amaldagi ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda turli korxona va tashkilotlar tomonidan sayyor qabullar oʻtkazilib kelinmoqda.
Darhaqiqat, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va bugun hayotimizdan tobora chuqurroq oʻrin olayotgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili yurtdoshlarimizning hayotdan rozi boʻlib yashashiga zamin yaratmoqda. Ana shu tamoyilning amaliy ifodasi sifatida Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan Amudaryo tumanida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning uy-joy kadastr masalalari boʻyicha murojaatlari tinglandi. Murojaat egalari asosan, qonuniy ravishda qurilgan qurilish obʼektlariga kadastr hujjatlarini olish masalasida murojaat qildilar.
Kelib tushgan 8 ta murojaatdan 3 tasi shu yerning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, 4 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 1 ta murojaat boʻyicha esa masʼul shaxsalar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, bu kabi oʻtkazilayotgan sayyor qabullar hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni tezroq aniqlash va hal etish imkoniyatini bermoqda. Shuningdek, ularning muntazam yoʻlga qoʻyilgani avvalgi uchrashuvlarda belgilangan ishlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirmoqda.
Muxtasar aytganda, sayyor qabullar aholi muammolarini joyida, tez va samarali hal etish imkonini berayotgani, hududlarda yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni aniqlash va bartaraf etilishida davlat organlari va tashkilotlari oldiga vazifalar qoʻyayotgani va ushbu vazifalarni toʻlaqonli bajarishga undayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶