30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:16
Iqtisodiyot 👁 352

Kichik sanoat zonalari hududlarning investitsion jozibadorligini oshiradi

Kichik sanoat zonalari hududlarning investitsion jozibadorligini oshiradi

Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish boʻyicha koʻplab samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning faoliyati davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoda. Sababi, tadbirkorlik subʼektlarini joylashtirishga moʻljallangan, muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obʼektlarini, ishlab chiqarish maydonini oʻz ichiga olgan kichik sanoat zonalari joylashgan hududining rivojlanishiga katta imkoniyat yaratadi. Xususan, sanoat ishlab chiqarishni jadallashtiradi, hududlarning investitsion jozibadorligini oshirib, boʻsh turgan binolardan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi.

Amudaryo tumanida ham Prezidentimizning 2018-yilning 6-martidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan mana shunday maxsus sanoat zonalari tashkil etildi. Qaror asosida tumanimizdagi “Amudaryo paxta tozalash zavodi” aktsiyadorlik jamiyatining eski binosi kichik sanoat zonasiga aylantirildi.

Kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning ish faoliyatini, muammo va takliflarini oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi boʻlim prokurori Renat Xudoybergenov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi kichik va yoshlar sanoat zonalarini boshqarish boʻyicha yagona direktsiyasi yetakchi mutaxassisi Baxauddin Xoʻjambergenovlar Amudaryo tumaniga tashrif buyurishdi.

Masʼullar dastlab tadbirkor Tamara Yusupovaga tegishli “Tamara tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik korxonasida boʻlishdi. Korxonada ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari, toʻquvchilik mahsulotlari tayyorlanadi, har xil yosh toifasidagi xaridorlar uchun turli xildagi kiyim-kechaklar tikiladi. 2009-yilda tikuvchilik boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini boshlagan Tamara Yusupova oʻz ishini dastlab 3 mln. soʻm kredit mablagʻi olib ishlashdan boshlagan. Keyinchalik 40 mln va 136 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirgan.

Shundan soʻng masʼullar tadbirkor Bahodir Kamolovga qarashli “Kamolov eshiklari” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻldilar.

Ushbu korxona 2013-yilda ish boshlagan boʻlib bu yerda zamonaviy rusumdagi eshik va deraza romlari, uy-roʻzgʻor mebellari sifatli va hamyonbop narxlarda ishlab chiqariladi. Ayni paytda korxonada katta usta darajasiga erishgan 5 nafar ishchi xodim 10 nafardan ziyod shogird-ishchilariga duradgorlik kasbining sir-asrorlarini puxta oʻrgatib kelishmoqda.

Korxonada ishchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, uzoqdan kelib ishlovchilar uchun yotoqxonalar ham mavjud. Ishchilar kuniga 2 mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi. Ularning ishlab chiqargan eshik va deraza romlarining sifatiga qarab 2 mln.dan 3 mln. soʻmgacha oylik ish haqi toʻlanadi.

Kichik sanoat zonasidagi navbatdagi tashrif tadbirkor Nazokat Allabergenovaga tegishli “Mang‘it milk” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga boʻldi. Oʻz ish faoliyatini dastlab 30 litr sut mahsulotini qayta ishlashdan boshlagan tadbirkorning korxonasida bugungi kunda 1 tonnadan ortiq sut qayta ishlanib, kefir, qaymoq, tvorog kabi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Tadbirkor ayol 2018 kichik sanoat zonasida faoliyat boshlagan paytida 350 mln. soʻm miqdorida kredit olgan edi. U hozirda kreditni toʻliq toʻlab, yana katta miqdorda imtiyozli kredit olishni va ushbu mablagʻlar evaziga pishloq ishlab chiqaruvchi uskuna xarid qilishni niyat qilgan.

Kichik sanoat zonasining bir chekkasida temir eshiklar ishlab chiqarishga moʻljallangan korxona ham faoliyat yuritmoqda. Tadbirkor Jasur Bobojanov 2013-yilda “Amu metall kovka art” masʼuliyati cheklangan jamiyatini ochgan edi.

Ushbu korxonada sifatli va hamyonbop eshik va isitish qozonxonalari, zambillar tayyorlanib, ichki bozorlarimizda oʻz xaridorlariga ega boʻlmoqda. Tadbirkorning niyati – eksportni yoʻlga qoʻyish va oʻz faoliyatini yanada kengaytirib, ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlashdir.

Masʼullar kichik sanoat zonasidagi korxona egalari bilan yaqindan suhbatlashib, ularning kelgusidagi ish faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.

Aytish kerakki, bugungi kunda ushbu kichik sanoat zonasida tadbirkorlar uchun investitsiya loyihalarini amalga oshirishda barcha sharoit yaratilmoqda. Xususan, transport qatnovining qulayligi va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining mavjudligi ishlab chiqarish sanoati rivojida muhim ahamiyat kasb etayotir.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026