30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:04
Jamiyat 👁 376

YOʻL-TRANSPORT HODISASI MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

YOʻL-TRANSPORT HODISASI MUHOKAMASIGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Har kim ertalab ezgu niyatlar bilan ostona hatlab koʻchaga chiqadi, ishga borish, hayotiy zarurati tufayli transport vositasidan foydalanadi. Keyingi yillarda fuqarolarning hayot farovonligi ortib borayotgani deyarli har bir oila shaxsiy transport vositalariga ega ekanligida ham koʻrinadi. Bu albatta, quvonarli hol. Biroq koʻchalarda avtotrasport boshqarish qoida va meʼyorlariga amal qilmaslik, haydovchi va piyodalarning bilim-koʻnikmalari, qonunga itoatkorligi, boshqa yoʻl harakati ishtirokchilariga oʻzaro hurmatining pastligi oqibatida yoʻl-transport hodisalari, koʻplab yoʻqotishlar sodir boʻlayapti. Barchaning koʻz oʻngida yuz bergan avtohalokatlar oqibatida ne-ne alamlar, yurakni larzaga soluvchi yoʻqotishlardan ayrimlar oʻziga xulosa chiqarmayapti va natijada bu kabi koʻngilsiz voqealar sodir boʻlishda davom etmoqda.

Jumladan, shu yilning 8-may kuni Amudaryo tumani hududidan oʻtuvchi “A-380 Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yoʻlining 749-750-kilometri oraligʻida odam oʻlimi bilan bogʻliq ogʻir yoʻl transport hodisasi yuz berdi. Yuz bergan yoʻl transport hodisasida “Kobalt” markali avtotransport vositasi yuqori tezlikda harakatlanib kelib, oʻz yoʻnalishi boʻylab harakatlanib borayotgan “KamAz” rusmli avtotransport vositasining orqa tarafidan borib urilgan va natijada yoʻl transport hodisasi yuz bergan.

Ushbu yoʻl-transport hodisasi Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati yoʻl harakati havfsizligi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, tuman hokimi oʻrinbosari, tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, mahalla raislari va xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari respublikada roʻy berayotgan yoʻl-transport hodisalari boʻyicha maʼlumot berib oʻtdi.

Shuningdek, sodir boʻlayotgan yoʻl-transport hodisalarining asosiy sababi sifatida tezlikning oshirilishi, avtomobilni spirtli ichimliklar va boshqa psixotrop moddalar isteʼmol qilgan holda boshqarish, avtomobilda harakatlanayotgan paytda chalgʻish, yaʼni hayolning buzilishi, yoʻllarning taʼmirtalab ahvolga kelib qolishi, transportning tez-tez texnik koʻrikdan oʻtkazilmasligi, haydovchilarning yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmasliklari oqibatida kelib chiqishini taʼkidladi.

Yigʻilishda bunday koʻngilsiz hodisalar sodir boʻlmasligi uchun mahallalarda, umumtaʼlim maktablarda, Oliy taʼlim muassasalarida, aholi gavjum joylarda tushuntirish-targʻibot tadbirlari olib borilishi kerakligi aytib oʻtildi.

Yigʻilish davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida roʻy berayotgan yoʻl-transport hodisalari aks etgan videorolik namoyish etildi.

Shundan soʻng, fuqarolarning sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi boʻyicha fikr-mulohazalari tinglandi.

Aytish kerakki, yoʻlga chiqqan har bir harakat ishtirokchisi oʻz zimmasidagi masʼuliyatni chuqur his qilgan holda belgilangan yoʻl harakati qoidalariga toʻliq rioya qilib, harakatlanmogʻi zarur. Ana shundagina yoʻllarimizda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan nohush voqealarning oldi olinadi. Bunda esa nafaqat haydovchining, balki piyodaning ham masʼuliyati birdek muhim ekanligini unutmaylik!

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026