30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:13
Jamiyat 👁 350

9-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABI OʻQUVChILARINING HISOBOT KONTsERTI BOʻLIB OʻTDI

9-SONLI BOLALAR MUSIQA VA SANʼAT MAKTABI OʻQUVChILARINING HISOBOT KONTsERTI BOʻLIB OʻTDI

Har oʻquv yili yakuni arafasida Amudaryo tumanidagi Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining hisobot kontsertlarini tashkil etish anʼanaga aylangan. Kontsertda oʻquvchilar oʻzlarining iqtidorlarini, yil davomida olgan bilimlari va mahoratlarini namoyish etishadi.

12-may kuni tuman Madaniyat boʻlimining kontsertlar zalida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarining hisobot kontserti boʻlib oʻtdi. Kontsertga 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻqituvchi va oʻquvchilari, tuman Madaniyat boʻlimi masʼullari va xodimlari, oʻquvchilarning ota-onalari va sanʼat ixlosmandlari tashrif buyurishdi.

Ushbu kontsertga “Mening oilam” gazetasi tahririyatining “Besh muhim tashabbus – yoshlarga qanot” grant loyihasi doirasida nogironligi boʻlgan yoshlarning musiqa va sanʼatga qiziqishini oshirish maqsadida umumtaʼlim maktablarining uy sharoitida tahsil olayotgan oʻquvchilari ham jalb etildi.

Kontsert davomida 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilari xoreografiya, bayan-akkordeon, torli-kamonli, puflab chalinadigan cholgʻular, xalq cholgʻulari, anʼanaviy sozandalik, anʼanaviy ashulachilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻz ijrolarini taqdim etishdi. Shuningdek, anʼanaviy ijro va estrada yoʻnalishi boʻyicha ijrolar, teatrlashtirilgan sahna tomoshalari ham tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi.

Tadbirni 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori Yoʻldosh Abdalov ochib berdi va yurtimizda yoshlarning taʼlim olishlari, iqtidorlarini yuzaga chiqarishga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar xususida soʻzladi. Shuningdek, ushbu maktabda 250 nafardan ziyod oʻquvchilar 12 ta yoʻnalishlarda taʼlim olishayotgani, ularga 40 nafar oʻqituvchilar musiqa va sanʼatdan chuqur taʼlim berib, iqtidorlarini yuksaltirishga intilishayotgani xususida gapirdi.

Maktab fortepiano, royal, torli-kamonli va puflab chalinadigan musiqiy asboblar bilan toʻliq taʼminlangani, bayan-akkordeon, xalq cholgʻulari, anʼanaviy xonandalik, estrada, tasviriy sanʼat, xoreografiya, teatr sanʼati yoʻnalishlarida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlar orasida nafaqat Qoraqalpogʻiston, balki Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi koʻrik-tanlovlar gʻoliblari borligini faxr bilan eʼtirof etib oʻtdi.

Hisobot kontsert dasturidan oʻrin olgan xoreografiya, bayan-akkordeon, torli-kamonli, puflab chalinadigan cholgʻular, anʼanaviy ijro va estrada yoʻnalishlari oʻquvchilari ijrosidagi kuy-qoʻshiq va dilrabo raqslar tomoshabinlarga xush kayfiyat bagʻishladi.

Teatrlashtirilgan sahna tomoshalari, xalq cholgʻulari, anʼanaviy sozandalik, anʼanaviy ashulachilik yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchi-yoshlarning chiqishlari olqishlar bilan kutib olindi. Ayniqsa, maktab oʻqituvchilari Dilfuza Rahimova, Iroda Yendirboyeva, Zumrad Mirzayevalarning oʻquvchilari ijrosidagi “Onajonim”, “Italyanskaya polka”, “Neapol qoʻshigʻi” kuylari, xoreografiya boʻlimi oʻqituvchisi Qunduzoy Eshchanovaning oʻquvchisi ijrosidagi jozibali qoraqalpoqcha raqs va teatr boʻlimi oʻquvchilari ijrosidagi mazmunli sahna tomoshasi, oʻquvchilarning aktyorlik mahorati tomoshabinlarga juda manzur boʻldi.

Hisobot kontsert dasturi yakunida oʻqishda, jamoat ishlarida va tumanda oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan oʻquvchilar, oʻz pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan oʻqituvchilar, oʻquv yili davomida doimiy hamkorlik qilgan ota-onalarga minnatdorchilik bildirilib, faxriy yorliqlar topshirildi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026