30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:05
Iqtisodiyot 👁 375

GULZOR MAHALLASIDA YaNGI “SHAHZODA WEDDING” GOʻZALLIK SALONI ISh BOShLADI

GULZOR MAHALLASIDA YaNGI “SHAHZODA WEDDING” GOʻZALLIK SALONI ISh BOShLADI

Mamlakatimizda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli turli yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etilayotgan tadbirkorlik subʼektlari soni tobora oshib bormoqda. Natijada koʻplab yoshlar kasb-hunarga oʻqitilib, doimiy ish bilan bandligi taʼminlanmoqda. Amudaryo tumanida ham bu borada amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga munosib. Buni soʻnggi ikki-uch yil ichida tuman markazi, hatto olis qishloqlar hududlarida faoliyat olib borayotgan maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, kundalik buyumlar va oziq-ovqat doʻkonlari, goʻzallik salonlari, bichish-tikish ustaxonalari misolida yaqqol koʻrish mumkin.

Joriy yilning 17-may sanasida Mangʻit shahrining Gulzor mahallasi hududining eng soʻlim goʻshalaridan biri, “Istiqbol” koʻchasida ham ana shunday tadbirkorlik subʼektlaridan biri oʻz faoliyatini boshladi. “SHAHZODA WEDDING” nomi bilan oʻz faoliyatini boshlagan yoshlar goʻzallik saloni tashkil etilishi bilan 3 nafar mahalla yoshlarining doimiy  ish bilan bandligi taʼminlandi.

Mazkur goʻzallik salonining ochilish marosimida mahalla aholini Amudaryo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Rashid Salayev va tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi raisi Goʻzal Saburovalar Gulzor mahallasi yoshlari uchun zamonaviy shart-sharoitlarga ega goʻzallik saloni tashkil etilgani bilan tabrikladilar va “SHAHZODA WEDDING” goʻzallik salonini tashkil etishda  fidoyilik koʻrsatgan yakka tadbirkor Muqaddas Qurolovaga chin dildan minnatdorchilik bildirdilar.

Darvoqe, yakka tadbirkor Muqaddas Qurolova bir necha yillardan  beri Mangʻit buyum bozorida koʻrpa-yostiq jildlari, sochiqlar savdosi bilan shugʻullanib keladi. U oila iqtisodidan kelib chiqib, voyaga yetgan farzandlarining ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida oʻz mablagʻi hisobidan qurilgan binoni  goʻzallik saloni faoliyati uchun moslashtirib, taʼmirdan chiqardi. 100 million soʻmdan ziyod oʻz mablagʻi hisobiga goʻzallik saloni uchun zarur jihozlar, asbob-anjomlar sotib oldi. Shuningdek, 25 xildagi zamonaviy toʻy liboslari, pardoz-andoz vositalari, kelin salomlarida kiyiladigan 10 dan ortiq milliy liboslar toʻplamlari, milliylikka xos zamonaviy oqshom liboslari toʻplamlari bilan goʻzallik salonining oʻz faoliyatini toʻliq boshlashi uchun sharoit yaratdi. Natijada oʻzining farzandlari Sayyoraxon va Muqaddamxon Qoʻchqorovalardan tashqari 3 nafar mahalla qizlarining bandligini taʼminladi.

Yakka tadbirkor Muqaddas Qurolovaning rejalari katta. Kelgusida u imtiyozli kredit mablagʻi olib, goʻzallik saloni faoliyatini yanada kengaytirish niyatida. Ayni paytda ham mazkur goʻzallik salonida qoʻshimcha 4 ta ish oʻrni mavjud boʻlib, tajribal vizajist-stilist, makiyaj ustasi, ayollar sartaroshligi yoʻnalishlari boʻyicha ishchi-xodimlarni ish bilan taʼminlash imkoniyati bor.

Gulzor mahallasi, qolaversa, amudaryolik yoshlarning toʻyu-hashamlarda yanada goʻzal, madaniyatli kiyinishlari, sochlarini zamonaviy uslublarda, oʻzlariga yarashiqli, qolaversa, mijozlar talablari asosida turmaklashlari uchun eng yaqin maslahatgoʻy va koʻmakdosh boʻlishga hamisha shay boʻlgan “SHAHZODA WEDDING” goʻzallik salonining mohir xodimlarining ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026