30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:04
Jamiyat 👁 292

“YoShLAR RAQS FESTIVALI”NING AMUDARYo TUMANI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

“YoShLAR RAQS FESTIVALI”NING AMUDARYo TUMANI GʻOLIBLARI ANIQLANDI

Mamlakatimizda yosh isteʼdod egalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning alohida qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Besh tashabbus oilmpiadasi” diorasida oʻtkazilayotgan “Yoshlar raqs festivali” koʻplab yosh sanʼat gʻunchalarini kashf etib, ularning katta sahnalarda oʻz sanʼatlarini namoyish etish imkonini bermoqda.

Joriy yilning 17-may sanasida Amudaryo tumanining sanʼatsevar isteʼdodli yoshlari ishtirokida boʻlib oʻtgan “Yoshlar raqs festivali”ning tuman bosqichida ham zamonaviy va milliy raqs sanʼati ixlosmandlari boʻlgan isteʼdodli yoshlar gʻoliblik uchun sahnaga chiqdilar.

Amudaryo tumani Madaniyat markazi binosida boʻlib oʻtgan mazkur festivalning tuman bosqichida festival Nizomiga koʻra, mahallalar va sektorlarda boʻlib oʻtgan dastlabki saralash bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan raqs sanʼati havaskorlari ishtirok etishdi.

Avvalo, Amudaryo tumanining mahalla va qishloqlarida tashkil etilgan raqs toʻgaragi aʼzolariga masʼullar tomonidan festivalning Nizomi, ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar, qoidalar yuzasidan zarur tushunchalar berildi.

Festival turli yosh toifasidagi ishtirokchilar guruhlari oʻrtasida oʻtkazildi va nufuzli hakamlar hayʼati tarkibi tasdiqlanib, ijrochilarning mahoratlari ochiqlik va shaffoflik asosida baholab borildi.

Unga koʻra, 10-15 yoshli ishtirokchilar orasidagi yakka milliy raqs ijrochilaridan Chordara mahallasidan Dinoraxon Boltaboyeva faxrli 1-oʻringa loyiq koʻrildi. Ushbu yosh toifasidagi Olmazor mahallalik Dilraboxon Yermanova 2-oʻrin, qilichboylik Layloxon Matyoqubova 3-oʻrin sohibalari boʻldilar.

Shuningdek, 10-15 yoshli ijrochilar oʻrtasidagi zamonaviy yakkaxon raqs yoʻnalishida Qilichboy qishlogʻidan Ozoda Rajabboyeva faxrli 1-oʻrinni egallagan boʻlsa, Gulzor mahallasidan Salomat YOʻldosheva 2-oʻringa, Bobur nomli ovuldan Muniraxon Qodirova esa 3-oʻringa sazovor boʻldilar.

Festivalning 16-22 yosh toifasidagi ishtirokchilari ijrosidagi turfa raqslar yanada diltortar va jozibaliligi bilan tomoshabinlarga zavq-shavq bagʻishladi. Unga koʻra, yakkaxon milliy raqs yoʻnalishida Uyshin mahallasidan Gulruh Abdullayevaning mahorati yuqori baholandi va 1-oʻringa loyiq koʻrildi. Ushbu yoʻnalishda Chordara mahallasidan Gulnoza Gulmonova 2-oʻrinni, Toryop mahallasidan Kumushoy Rahimboyeva 3-oʻrinni egalladilar.

Tomoshabinlar tomonidan munosib olqishlarga sazovor boʻlgan yakkaxon zamonaviy raqs ijrochisi Jumurovul mahallalik Sarvinoz Erkaboyeva oʻz yoʻnalishi va yosh toifasida 1-oʻrin sohibasi boʻldi. Ushbu yoʻnalishda sahnaga chiqqan qilichboylik Yodgora Aminova 2-oʻrinni, Gulzor mahallalik Ruxshona Adamboyeva esa 3-oʻrinni zabt etishdi.

Festivalda 23-30 yoshlilar oʻrtasidagi yakkaxon milliy raqs ijrochiligi boʻyicha bahslar yanada qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Unda Oʻrta qalʼadan Zuhraxon Shomurodova ijrosidagi zamonaviy milliy raqs barchaning olqishiga sazovor boʻldi va Zuhraxon Shomurodova oʻzining ma\orati hamda goʻzal ijrosi bilan oʻz yosh toifasidagi  barcha ijrochilarni ortda qoldirib, 1-oʻrin sohibasi  boʻldi.

Oʻz isteʼdodlarini mohirona namoyish etgan festivalning tuman bosqichi gʻoliblari “Yoshlar raqs festivali”ning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026