MAʼMURIY JARIMALARNI TOʻLAShDA AHOLIGA QOʻShIMChA QULAYLIKLAR YaRATILDI
Joriy yil 18-aprelda “Maʼmuriy jarimalarni toʻlashda aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 332-1-moddasi matni qayta tahrir qilindi.
Yangi tahrirdagi matnda huquqbuzar oʻziga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab, oʻn besh kun ichida jarima miqdorining ellik foizini yoki oʻttiz kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilinishi koʻrsatilgan.
Mazkur soddalashtirilgan tartib sud qarorlari bilan tayinlanadigan jarimalarga ham nisbatan qoʻllaniladigan boʻldi. Lekin bu tartib ayrim holatlarga tatbiq etilmaydi. Yaʼni, transport vositalarini mast holda boshqarganlik, kemalarni mast holda boshqarganlik, transport vositalari haydovchilarining va yoʻl-harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlaganlik kabi holatlarda qoʻllanilmaydi.
Shuningdek, mast holdagi haydovchilarning yoki transport vositalarini boshqarish huquqi boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshkarishiga yoʻl qoʻyilgani, jarima solish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganida yoki protest bildirilganda, bir yil davomida aynan shunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng takror sodir etilganida ham tatbiq etilmaydi.
Jarima yukining bu tarzda kamaytirilishi natijasida pul mablagʻlari iqtisod qilinadi, inson huquq va manfaatlari taʼminlanadi. Eng asosiysi, soddalashtirilgan ushbu tartibda maʼmuriy jarimalarni qoʻllash orqali aholiga qoʻshimcha qulayliklar yaratiladi.
A.Safarov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶