15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 14:56
Jamiyat 👁 254

Amudaryo televideniyesi tahririyatining tashabbusi bilan voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar sodir etishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida nazorat tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo televideniyesi tahririyatining tashabbusi bilan voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar sodir etishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida nazorat tadbiri oʻtkazildi

 

Yurtimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy- axloqiy, jismoniy sogʻlom qilib tarbiyalash, ularni barcha sohalarda izchillik bilan tatbiq etilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ular ongiga Vatanga sodiqlik va kelajagi uchun daxldorlik hissini singdirish, qalbida yot gʻoya va qarashlarning salbiy taʼsiriga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirishga hissa qoʻshish, ekstremizm va terrorizmning buzgʻunchi gʻoyalariga nisbatan murosasizlikni shakllantirish juda muhim.

Yosh avlod taʼlim-tarbiyasi maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarininggina emas, keng jamoatchilik, davlat va nodavlat tashkilotlarining ham vazifasidir.

Amudaryo televideniyesi buningdek ulugʻvor maqsad ijrosiga hissa qoʻshish maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan “Yoshlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” yoʻnalishidagi grant tanlovida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi va ayni kunlarda loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Loyiha faoliyati boshlanganidan beri tumanimizning turli hududlaridagi taʼlim muassasalarida va fuqarolar yigʻinlarida yoshlar tarbiyasiga oid turli koʻrsatuvlar, tanlovlar oʻtkazib kelinayapti. Yoshlarning kitobxonlikka, sanʼatga qiziqishlarini oshirish uchun kitoblar koʻrgazmalari, tumanimizdagi Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻquvchilarining kontsertlari tashkil etildi va bu tadbirlarga koʻplab oʻquvchilar qamrab olindi.

2022-2023 oʻquv yili tugallanishi arafasida grant loyihasi doirasida tumandagi Qipchoq shaharchasi hududida oʻquvchilarning taʼlim-tarbiyasi, ularning sababsiz dars qoldirishlarining oldini olish, maktab, mahalla va ota-onalar hamkorligi masalasi yuzasidan oʻrganish olib borildi. Hududdagi 11-sonli maktabda 934 nafar oʻquvchilarga 87 nafar malakali oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berishayapti.

Oʻquvchilarning bilim asoslarini chuqur egallashlari uchun fan toʻgaraklari, shuningdek, boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishlari uchun ijodiy va sport toʻgaraklari muntazam ishlab turibdi. Taʼlim- tarbiya ishlari esa mahalla, taʼlim muassasi va ota-onalarning mustahkam hamkorligida amalga oshirilmoqda. Reja boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda ular faol ishtirok etishadi.

Buningdek saʼy-harakatlar oʻquvchilarning intiluvchan, odobli va ilmli boʻlib voyaga yetishiga xizmat qilayotir. Har yili oʻtkazib kelinayotgan asosiy fanlar olimpiadalarida, koʻrik –tanlovlarda oʻquvchilar erishayotgan yutuqlar buni yaqqol koʻrsatib turibdi.

2021-2022 oʻquv yilida maktabni 29 nafar yigit-qizlar bitirib chiqishgan boʻlsa, ularning 10 nafari turli oliygohlar talabalari boʻlishdi, oʻrta taʼlim muassasalarida kasb-hunar oʻrganayotganlari, korxona, tashkilotlarda mehnat faoliyatini boshlaganlari, oliygohlarga kirishga intilayotganlari ham bor. Joriy yilda maktabdan uchirma boʻlayotgan 33 nafar bitiruvchilarning orzulari esa yanada yuksak.

Shu kuni Qipchoq shaharchasi va Mangʻit shahri hududidagi koʻngilochar maskanlar tuman Ichki ishlar boʻlimining voyaga yetmaganlar masalasi boʻyicha katta inspektori, psixolog, podpolkovnik Ulugʻbek Yoʻldoshev va bir guruh psixologlar hamkorligida voyaga yetmaganlarning tunggi vaqtlarda ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar kuzatuvisiz yurishlariga, huquqbuzarliklar sodir etishlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadida nazorat tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir davomida Mangʻit shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, kafelar va Mangʻit istirohat bogʻi atrofida voyaga yetmaganlarning bemaqsad yurishlarining oldini olish maqsadida suhbatlar olib borildi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining voyaga yetmaganlar masalasi boʻyicha katta inspektori Ulugʻbek Yoʻldoshev yoshlarning bandligini taʼminlash, ishsiz yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, shuningdek, oʻsmirlarning boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazishlari, salohiyatlarini yuksaltirishlari uchun tashkil etilgan turli toʻgaraklar, sport musobaqalari xususida keng tushunchalar berdi, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytardi.

Bolaning begonasi boʻlmaydi. Ularning kamoli uchun kurash esa barchaga daxldor vazifadir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019