15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 14:57
Jamiyat 👁 253

MAʼRIFATPARVAR OILA

MAʼRIFATPARVAR OILA

Bugungi kunda butun dunyo globallashuvi jarayonida buzgʻunchilik va qoʻporuvchilik mazmunidagi, tajovuzkor gʻoyalarning turli davlatlar tinch hayoti va barqaror taraqqiyotiga salbiy taʼsiri tobora kuchaymoqda. Bunday mafkuraviy tahdidilarga qarshi kurashishda maʼnaviy-axloqiy tarbiya eng taʼsirchan va samarali vositadir.

Taʼlim-tarbiya haqida gap ketganida, eng avvalo koʻz oldimizda bolalar va oʻsmirlar bilan gavjum maktablar, ularda shu el bolalariga oʻz oʻgʻli, qizidan mehr bilan ilm oʻrgatayotgan ustozlar keladi.

Ha, ularning yurtimizda yuksak qadr topayotgani bejiz emas.

Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi Gulmurza Davumov va Dilbar Reyimboyevalarni oilaviy ziyo tarqatuvchilar desak, adashmagan boʻlamiz.

Ular Buxoro Davlat pedagogika institutida tahsil olgan damlarida bir-biriga koʻngil qoʻyishgan. Shu bois oliygohni tugatgach, Dilbarxon Beruniy tumanidan Mangʻitga kelib tushdi. Ular oilada ham, kasbiy faoliyatida ham bir-biriga suyanchiq, hammaslak boʻldilar.

Gulmirza Davumov 1990-yildan oʻqituvchilik faoliyatini boshlab, dastlab 1-sonli maktabda, keyinchalik esa Mangʻit Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida, kollej tugatilgach esa 40-sonli maktabda chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchisi boʻlib ishlab, oʻquvchi-yoshlar koʻnglida Vatan xizmatiga kamarbastalik, fidoyilik tuygʻularini shakllantirishga, harbiy xizmat – har bir yigitning sharafli burchi ekanligini singdirishga intildi. Rafiqasi Dilbar Reyimboyeva Mangʻit shahridagi 31-sonli maktabda, sobiq 83-sonli maktab-bogʻcha majmuasida, 76-sonli maktabda boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi boʻlib ishladi.

Ular ikki yildirki pensiyaga chiqib, shuncha yillik mehnatlarining rohatini koʻrib, farzandlar kamolidan quvonib yashashmoqda, tillaridan shukrona tushmaydi. Axir farzandlar tinch-totuvligi, baxtiyorligidan ulkan baxt bormi ota-ona uchun?!

Butun hayotini bolalar koʻnglini ilm nuri ila charogʻon etishga bagʻishlagan Gulmirza Davumov, Dilbar Reyimovalarning ahil oilasida voyaga yetgan toʻngʻich qiz Yulduz Davumova hozirgi kunda tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasida kadrlar boʻlim boshligʻi, Alibek Sobirov Mangʻit shahrining Olmazor mahallasi yoshlar yetakchisi boʻlib ishlaydi, kenjatoy farzand Dilshoda esa Toshkent Davlat Agrar institutining Nukus filialida veterinariya fakultetini tugatgan, zootexnik, kelini esa notaris. Hammasining oilasi tinch-osoyishta, biri-biridan shirin 6 nafar nevaralar bobo-buviga yana ham aziz, qadrli.

Oʻqituvchi mehnati qadrlanib, mavqei yuksaltirilayotgani nafaqada boʻlishsa ham ularni juda quvontiradi. Aslida ularni nafaqada deyish ham unchalik toʻgʻri boʻlmas. Boisi, keksaydik demay, mahalla hayotida faol ishtirok etilishadi, qoʻni-qoʻshni, mahalladosh oʻgʻil-qizlarga sharqona odob-axloqni singdirishga intilishadi, birining nojoiz ishini koʻrsa, toʻgʻri yoʻlga solishadi.

Tan olish kerak, oʻqituvchilik gʻoyat mashaqqatli, zahmatli kasb. Gulmirza Davumov, Dilbarxon Reyimboyevalar ana shunday sharafli kasbda ishlab, elga maʼrifat ulashib, eʼzoz topganlardan.

Biz ularga halol mehnatlaringiz, farzandlar, nevaralar rohatini koʻrib uzoq yashashini tilab, xayrlashdik.

Oygul RAJABOVA, Ravshanbek BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019