15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 14:57
Jamiyat 👁 239

MANGʻIT ShAHRIDAGI FAYZLI MASKAN

MANGʻIT ShAHRIDAGI FAYZLI MASKAN

Hozirgi zamon olimlari inson aql-zakosi, imkoniyatlari bizning hayot tarzimizdan juda yuqori ekanligini, biz hayotda shularning maʼlum qismidangina foydalanishimizni taʼkidlaydi. Ehtimol, shundaydir? Axir hayotda hech kim qilmagan loyihalarga qoʻl urayotganlar, turli yoʻnalishlarda hamma havas qilarlik natijalarga erishayotganlar ham bor albatta, dadillik bilan ish boshlab, el –yurtga xizmat qilayotganlarga havasimizni ham yashirmaymiz.

Tumanimizda Mangʻit Madaniyat va istirohat bogʻiga kelib koʻrmagan, u yerda namoyish etiladigan tomoshalarni koʻrib zavqlanmagan odam topilmasa kerak. Ayniqsa, bolajonlar turli bayram kunlarida bu yerda boʻlishib, attraktsionlarda sayr qilishib, unutilmas taassurotlar olishadi. Hozirgi kunda katta-yu kichik dam olib, madaniy hordiq chiqaradigan yashil tabiat qoʻynida yaratilgan landshaftdan, bioxilma-xillikdan zavq oladigan ushbu madaniyat va istirohat bogʻi oʻn besh yillarcha avval ekin maydoni boʻlganligi ham koʻpchilikning yodida boʻlsa kerak. Ana shu ekin maydonda 2007-yilda tadbirkor ayol Sanamjon Nagimova tumanimiz aholisi uchun madaniyat va istirohat bogʻi barpo etishga kirishdi. Va buning uddasidan chiqdi. 6 gektardan ziyod hududda bolalar uchun oʻyingohlar tashkil etib, bezatishga kirishdi. Har bir tomosha oʻrniga oʻtish yoʻlaklari qurilib, atroflariga turli koʻp yillik daraxtlar, gullar ekildi.

Istirohat bogʻida tadbirkor opa 2017-yilda “yurak yutib” Xitoyga oʻzi tarjimon bilan borib 150 ming dollar hisobiga xarid qilib keltirgan dengiz poyezdi, karnaval, samolyot, yulduzcha, akulaga hujum, kinoteatr, batut, poyezd kabi attraktsionlar kichkintoylar sayr qilib, maroqli dam oladigan, baxtiyor bolalikni chuqur his qilib, zavqlanadigan vositalardir.

Bulardan tashqari istirohat bogʻi hududi yaxshillik bilan qoplanib, sayr qilgan kishiga tabiat bilan uygʻunlikni singdira oladigan fayzli goʻshaga aylangan.

Atrofi suv bilan oʻralgan zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan amfiteatrdagi favvoralardan taraladigan musaffolik bayram tadbirlari, yurtdoshlarimizning yaxshi kunlari esda qolarli oʻtishiga xizmat qiladi. Yozning jaziramasida ham soya-salqin, orombaxsh boʻladigan dam olish maskanini yana ham rivojlantirish tadbirkor Sanamjon Nagimovaning kelgusi orzularidan.

Tumanimizda yagona boʻlgan ushbu istirohat bogʻida shu paytgacha toʻyxona sifatida foydalanib kelingan bino ichida yilning hamma faslida odamlar hordiq chiqarib, yashil tabiat qoʻynida dam oladigan tirik bogʻ, bogʻ etagiga suvlari oqib turadigan sharshara bunyod etiladi.

Hayot tezkor. Chor-atrofimizda biron narsaning diqqatimizni oʻziga jalb qilishi qiyin. Kundalik turmush tashvishlaridan charchagan, dam olishni istagan odamlar Mangʻit madaniyat va istirohat bogʻiga tashrif buyurib albatta, vaqtlari koʻngilli oʻtadi. Shuningdek, yoz-kuz oylarida har xil koʻngilochar tomoshalar ham namoyish qilib turiladi. “Qoʻshayev Raim” xususiy korxonasiga qarashli istirohat bogʻida 12 nafar ishchi-xizmatchilar doimo el xizmatida boʻlishadi. Yaydoq dala qoʻynida ana shunday orombaxsh, bolajonlar yayrab-quvnab dam oladigan maskanni bunyod etgan intiluvchan tadbirkor Sanamjon Nagimovaning keyingi ishlariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019