SOBIQ SINFDOShLAR UChRAShUVI BOʻLIB OʻTDI
Hech bir inson bolalik doʻstlarini, qadrdon maktabi bagʻrida kechgan begʻubor oʻquvchilik damlarini unutolmasa kerak. Qoʻlidan tutib yozishni oʻrgatgan, harf tanitgan ustozlari ham koʻnglida eng aziz insonlar sifatida yashaydi.Ehtimol shundandir, sinfdosh doʻstlarning maktabi bagʻrida diydorlashishga intilishlari, shunday qutlugʻ ostonalarga yurtimizning turli hududlaridan talpinib kelishlari?
Shu yilning 6-iyunida 49-sonli maktabni yigirma yil avval tugatgan sobiq oʻquvchilar ham oʻzlari taʼlim olgan dargohda uchrashuvga yigʻildilar. 1985-yilda tugʻilgan, 2003-yilda maktabdan uchirma boʻlib ketgan palaponlarning har biri bugungi kunda hayotda oʻz oʻrinlarini topib,turli jabhalarda mehnat qilayotgan insonlarga aylangan. Ularning diydorlashuvini tashkil qilishga jonbozlik qilgan Dilmurod Doʻsimbetov, Bahrom Davlatboyev, Safarboy Oʻrozimbetov uchrashuvga doʻstlarining , ustozlarining tashrif buyurishini xushnudlik bilan qarshi oldilar.
Uchrashuvni maktab ijodiy -madaniy ishlar boʻyicha targʻibotchisi Sh. Oyimbetov ochdi va bolalik doʻstlarni diydorlashuv bilan qutladi.Shuningdek, sobiq sinfdoshlarning sinf rahbari Soʻnagul Saparova, maktab rahbarlaridan Nargiza Ortiqova, Ramatullo Ortiqov, ustozlaridan Gulchehra Botirova, Raʼno Qurbashevalar ham soʻzga chiqishib, diydorlashuvga yigʻilgan doʻstlarga samimiy tilaklar bildirdilar. Tadbir doʻstlarga ham, ustozlarga ham oʻchmas taassurotlar hadya etdi.
Shukurboy OYIMBETOV, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶