02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 00:16
Qishloq xoʻjaligi 👁 456

Amudaryo tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimiga kirishildi

Amudaryo tumanida gʻalla oʻrim-yigʻimiga kirishildi

9-iyun kuni Amudaryo tumanidagi “Yusuf xoʻja” fermer xoʻjaligida joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻimi boshlanishi munosabati bilan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi. Seminarda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Boshqarmasi boshligʻi Maxset Shanxiyev, qishloq xoʻjaligi boʻyicha tumanga biriktirlgan vakil Ikrom Yoʻldashev, qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼullari, fermer hamda mexanizatorlar qatnashdilar.

Seminar avvalida yoshi ulugʻ otaxonlar gʻalla maydonlarida yetishtirilgan bugʻdoy hosili bu yil har yildagidanda moʻl boʻlishini, yurtimizda toʻkin-sochinlik hukm surib, dasturxonlarimizda noz-u neʼmatlar bisyor boʻlishini tilab duo qildilar va dehqonlarga gʻalla oʻrim-yigʻimi mavsumidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat tiladilar.

Seminar ishtirokchilariga 12-iyun kunidan 1-iyulga qadar davom etadigan gʻalla oʻrim-yigʻimi ishlarini sifatli tarzda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Taʼkidlanganidek, 2023-yilgi gʻalla hosili uchun tumandagi 361 ta fermer xoʻjaliklarining jami 7000 gektar yer maydoniga gʻalla urugʻlari ekilgan edi. “Qipchoq gʻalla klasteri” masʼuliyati cheklangan jamiyati 5861 gektar, “Amu Rich Harvest” masʼuliyati cheklangan jamiyati 1139 gektar ekin maydonlarida yetishtirilgan gʻalla hosilini xarid qilish boʻyicha fermer xoʻjaliklari bilan shartnoma imzolashgan. Tuman boʻyicha joriy yilgi mavsumda gʻalla klasterlarining qabul maskanlariga qabul qilinadigan jami don miqdori 16 ming 460 tonnani tashkil etadi. Yetishtirilgan hosilning 1450 tonnasi urugʻlik don uchun, 8000 tonnasi esa isteʼmol uchundir. Undan tashqari, joriy yilgi hosildan 7010 tonna don mahsuloti birja savdolari uchun vaqtincha saqlashga yoʻnaltiriladi.

Joriy yilgi gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish, gʻallani oʻrishga tayyorlashdan tortib, uni qabul maskanlariga eltishgacha boʻlgan jarayondagi ishlarni tizimli ravishda tashkil qilish maqsadida shtab tashkil qilinib, 24 ta oʻrim otryadlari tuzilgan va ularga 24 ta kombaynlar biriktirilgan.

Kombaynlar bilan bir qatorda mavsumda don tashishga moʻljallangan hamda xizmat koʻrsatadigan texnikalar ham jalb qilinib, ularning ham mavsum davomida toʻliq ishchi holatida boʻlishini taʼminlash choralari koʻrildi. Kombaynlarga biriktirilgan 48 nafar operatorlar uchun esa barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Undan tashqari, gʻalla oʻrim-yigʻimini betalofat va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda oʻtkazish maqsadida tuman Ichki ishlar boʻlimi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Milliy gvardiya tuman boʻlimining jami 52 nafar xodimlari jalb qilingan.

Seminar yakunida gʻalla maydonlarida oʻrim-yigʻim oldidan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gʻallaning isrof boʻlib oʻrilishiga yoʻl qoʻymaslik, oʻrilgan gʻalla maydonlaridagi somonlarni yoqmaslik borasida fermer xoʻjaliklarining mutasaddi xodimlariga, gʻallakor va mexanizatorlarga tushuntirishlar berib oʻtildi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026