30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 309

YoShLAR YeTAKChISINING ISh FAOLIYaTI SAMARALI BOʻLAYaPTI

YoShLAR YeTAKChISINING ISh FAOLIYaTI SAMARALI BOʻLAYaPTI

Prezidentimizning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan respublikamizning barcha ovul, shaharcha, mahallalarida oʻz faoliyatini boshlagan yoshlar yetakchilari yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizimlarini joriy etib,yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratishda, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etishda, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirishda eʼtiborga sazovor ishlarni amalga oshirishmoqda.

Dilmurod Yodgorovning tumanimizning markazida joylashgan Doʻstlik mahallasi yoshlar yetakchisi lavozimiga qoʻyilgan talablar asosida saralashdan oʻtib, faoliyatini boshlaganiga hozir bir yarim yildan oshdi. U oʻz ishini mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari ishtirokida xonadonma-xonadon yurib, yoshlarni xatlovdan oʻtkazdi. Oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga koʻra toifalarga ajratib, yoshlar balansini shakllantirdi va elektron platformasiga kiritib chiqdi.

Xatlov davomida aniqlangan muammosi bor ishsiz yoshlarni «Yoshlar daftari»ga kiritdi. Hozirgi kungacha 30 nafardan ortiq ish bilan band boʻlmagan yoshlarga yordam koʻrsatildi. Jumladan 9 nafar turli oliygohlarda taʼlim olayotgan yoshlarga toʻlov kontrakt pullari toʻlab berildi, 6 nafar yoshga 10-yilga e-auksion tizimi orqali dexqon xoʻjaligini yuritish uchun yer olib berildi. 7 nafar nogironligi boʻlgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam pullari ajratildi. 4 nafar yoshlarga esa haydovchilik guvohnomasi olishda, 5 nafar yoshga oʻz tadbirkorligini boshlash uchun imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, 1 nafar yoshga safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini oʻtash badali pullari qoplab berildi.

Respublikamizda oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari mahallalarda yashaydigan yoshlarning boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazishlariga xizmat qilibgina qolmay, sport, sanʼat, milliy hunarlar, kitobxonlik, axborot texnologiyalari sohalarida isteʼdodlilarini aniqlab, ularning oʻz iqtidorini namoyish etishlari uchun ham muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda. Dilmurod Yodgorovning saʼy-harakatlari tufayli “Doʻstlik” mahallasi yoshlari ham ushbu musobaqalarda faol ishtirok etib, salmoqli yutuqlarni qoʻlga kiritib kelishayapti.

Musobaqaning oʻtgan yilgi mavsumida Azizbek Xolmirzayev cholgʻu ijrochiligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritib keldi. Mahallaning shaxmatsevar yoshlari oʻtkazilgan 3 ta mavsum shaxmat musobaqalarida ham faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Oʻtgan yilgi mavsumda Alisher Rahimov shaxmat boʻyicha Qoraqolpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu yil esa yana tuman bosqichida birinchi oʻrinni egallab, Qoraqolpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.

Boshqa yoʻnalishlarda ham quvonarli yutuqlar qoʻlga kiritilayapti. Xususan, yaqinda boʻlib oʻtgan “Zukko kitobxon” tanlovida mahalla yoshlari jamoasi Qoraqolpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritib qaytishdi.

Aslida mahalla yoshlari yetakchisining asosiy maqsadi ham ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, ularning isteʼdod va iqtidorini kashf etib, yuzaga chiqarishdir.

 Joriy yil mahalla yoshlari hayotida yana bir quvoonchli voqea boʻldi: Doʻstlik koʻchasiga qiymati 300 million soʻmlik universal sport maydonchasi qurildi. Bu yoshlarning boʻsh vaqtlarini yanada mazmunli tashkil etish, sportning ommaviyligini taʼminlash uchun qulay imkoniyat boʻldi.

Mahalla yoshlari yetakchisi oʻsmir-yoshlarni har xil buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan asrash, mentalitetimizga yot odatlarga ruju qoʻyishining oldini olish, ularga ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan qadriyatlarimizni singdirishga ham alohida eʼtibor qaratadi. Bular oʻz navbatida mahalla tinch-osoyishtaligiga, yoshlarning munosib xulq-atvorli boʻlib voyaga yetishiga munosib hissa boʻlib qoʻshilayapti.

 Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026