30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 570

AMIR TEMUR NOMLI VA OQ OLTIN OVULLARIDA SUVNI ChUChUKLANTIRUVChI STANTsIYa IShGA TUShIRILDI

AMIR TEMUR NOMLI VA OQ OLTIN OVULLARIDA SUVNI ChUChUKLANTIRUVChI STANTsIYa IShGA TUShIRILDI

Soʻnggi yillarda butun yer yuzida suv muammosi nihoyatda dolzarb masalaga aylanmoqda. Ayrim hududlarda aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish qator qiyinchiliklar bilan amalga oshirilmoqda. Amudaryo tumanida ham bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish va aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yaqinda tumanning Amir Temur nomli ovuli aholisiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida yer ostidan tortib olingan suvni chuchuklantiruvchi uskunalar oʻrnatilgan “EKOS” stantsiyasi ishga tushirildi. Ushbu qurilma orqali endilikda ovulda 242 ta xonadonga chuchuklashtirilgan suv yetkazib berilmoqda.

Tumanning Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududidagi Amir Temur nomli ovul oqar suv yoʻllarining oxirgi qismida joylashgan. Chekka hududdagi mazkur ovul ichimlik suvi tarmogʻiga ham ulanmagan. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida oʻtgan yili ham tuman hokimligining tashabbusi bilan 5 mlrd. 300 mln. soʻm evaziga suv tozalash qurilmasi va maxsus inshoot bunyod etish boshlangan edi. Hozirgi kunda mazkur suv tozalash markazi orqali ovuldagi 244 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda. Ushbu suv tozalash qurilmasi orqali yer osti suvlari 35 metr chuqurlikdan, diametri 300 millimetr boʻlgan 4 dona quvurlar orqali tortib olinib, keraksiz tuzlar va minerallardan tozalangan holda aholiga isteʼmol uchun yetkazib berilmoqda.

Oq oltin ovulida ham aholiga toza ichimlik suvini yetkazib berish maqsadida xuddi shunday suvni chuchuklantirish uskunalari oʻrnatilgan “EKOS” stantsiyasi foydalanishga topshirilgan. Mazkur stantsiya orqali ovulda 560 ta xonadon chuchuklashtirilgan suv bilan taʼminlash imkoniyati yaratildi.

Taʼkidlash joizki, fan-texnika taraqqiyoti davrida aholini chuchuk suv bilan taʼminlash masalasi jiddiy muammo sifatida eʼtirof etilmoqda. Yer kurrasidagi suv miqdori 1,4 mlrd. kub kilometrga teng boʻlib, shundan 98 foizi dengiz va okeanlarning shoʻr suvlariga toʻgʻri keladi. Chuchuk suv miqdori kam boʻlib, uning tanqisligi koʻp hududlarda kuzatiladi. Suv tanqisligi natijasida koʻp mintaqalarda aholi yuqori minerallashgan suvlarni isteʼmol qilishga majbur boʻlmoqda. Oʻrta Osiyo mamlakatlarida, xususan Oʻzbekistonda anchagina aholi shunday suvlardan foydalanadi. Minerallashgan suvlarni uzoq vaqt isteʼmol qilish ham inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Keyingi yillarda Orol boʻyi hududida yashovchi aholi oʻrtasida buyrak, qovuq va oʻt qopi kasalliklarining koʻpayib ketayotgani, bolalar oʻrtasida oʻlimning tobora ortib borayotgani muntazam ravishda minerallashgan suvlarni isteʼmol qilish oqibatidir. Olimlarning fikricha, kelajakda chuchuk suvlar miqdori bundan ham kamayib ketadi, shu sababli asosiy suv manbai hisoblangan shoʻr suvlarni chuchuk suvga aylantirib, aholi talabini qondirish muammosi koʻndalang boʻlib turibdi. Suvni chuchuklashtirishda asosan elektroliz, distillyatsiya, muzlatish va yuqori filtrlash usullaridan foydalaniladi.

Amir Temur nomli va Oq oltin ovullari aholisi endilikda toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyati yaratilganidan nihoyatda mamnun va mazkur stantsiyani qurish tashabbusi bilan chiqqan, bosh-qosh boʻlgan tadbirkorga, masʼullarga va davlatimizga minnatdorchilik bildirmoqdalar.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026