30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:18
Jamiyat 👁 577

4-SEKTOR HUDUDIDAGI UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING OʻQUVChILARI AMUDARYo TURIXIY-OʻLKAShUNOSLIK MUZEYIGA SAYoHAT QILIShDI

4-SEKTOR HUDUDIDAGI UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING OʻQUVChILARI AMUDARYo TURIXIY-OʻLKAShUNOSLIK MUZEYIGA SAYoHAT QILIShDI

Bugungi yoshlar – mamlakatimiz kelajagining poydevori. Ularning har tomonlama yetuk va maʼnaviy barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash nafaqat ota-ona va taʼlim-tarbiya muassasalarining, balki har bir ongli insonning, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlarining ham zimmasidagi masʼuliyatli burchidir. Shu bois, mamlakatimizda quyi boʻgʻin rahbarlaridan tortib, davlatimiz rahbarigacha yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, xalqparvar, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash borasidagi saʼy-harakatlarda hamisha birdamdirlar.

Amudaryo tumanida ham eng chekka hududlarda istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yozgi taʼtil paytida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining qiziqishlarini ragʻbatlantirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishda zamonaviy innovatsion uslublarni qoʻllash, turli mavzularda davra suhbatlari, “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida samimiy muloqotlar tashkil etish, koʻngilochar kontsert dasturlari oʻtkazish orqali yoshlarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlash, iqtidorli yoshlarni toʻgaraklarga jalb etish kabi keng qamrovli tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, “Yoshlar oyligi” doirasida tumanning 4-sektori hududidagi maktablarning bir guruh oʻquvchilari uchun sektor rahbari Aydos Seyitov tomonidan Amudaryo tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Oʻquvchi-yoshlarning yozgi taʼtil davrini maroqli oʻtkazishlari, qoraversa, ular qalbida ona Vatanga muhabbat, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat tuygʻusini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan sayohat Amudaryo tumanning Xotira maydonidagi ramziy Xotira kitobi bilan tanishishdan boshlandi. Oʻquvchi-yoshlar ramziy Xotira kitobi sahifalarida ism-shariflari qayd etilgan, ikkinchi jahon urushida qahramonlarcha halok boʻlgan vatandoshlarimiz hurmati uchun sukut saqlagan holda har bir sahifa bilan yaqindan tanishdilar, qahramon bobolari bilan faxrlandilar.

Shundan soʻng, oʻquvchi-yoshlar Xotira maydonida qad rostlagan “Motamsaro ona” yodgorligini ziyorat qildilar va tarixchi-oʻlkashunos Shavkat Chorshamov rahbarligida Amudaryo tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyi eksponatlari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, muzeyda tashkil etilgan amudaryolik ijodkorlar qalamiga mansub kitoblar jamlanmasidan iborat moʻʼjaz kutubxona oʻquvchi-yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Shuningdek qadimiy tangalar, uy-roʻzgʻor anjomlari, Amu ayollari kiygan milliy liboslar va taqinchoqlar, tumanimiz hududidan topilgan turli davrlarga mansub arxeologik yodgorliklarni oʻquvchi-yoshlar qiziqish bilan tomosha qilish barobarida qadim ajdodlarimiz hayoti haqidagi tasavvurlarga ega boʻldilar.

Shavkat Chorshamov sayohatchi yoshlarga har bir eksponatning tarixi va ularning qadim ajdodlarimiz hayotida tutgan oʻrni, bugungi kundagi milliy-maʼnaviy qadri, yaʼni milliy oʻzlikni anglashdagi juda katta ahamiyati xususida batafsil soʻz yuritdi va sayohatchi-oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Xotira maydoni va tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga uyushtirilgan sayohat yoshlarda katta taassurotlar qoldilar.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026