30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:09
Siyosat 👁 618

PREZIDENTLIKKA NOMZODNING IShONChLI VAKILI AMUDARYoLIK SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

PREZIDENTLIKKA NOMZODNING IShONChLI VAKILI AMUDARYoLIK SAYLOVChILAR BILAN UChRAShDI

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham 9-iyul kuni boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik qizgʻin tus olmoqda. Joylarda Prezidentlikka nomzodlarning, ularning ishonchli vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvlari oʻtkazilmoqda. 19-iyun kuni Amudaryo tumani Madaniyat markazida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zLiDeP partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi ishonchli vakili Bayrambay Otemuratovning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda hudud faollari, tuman Kengashi deputatlari, faol xotin-qizlar va elektorat vakillari, keng jamoatchilik vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishonchli vakil saylovchilarga nomzodning saylovoldi dasturi, undan oʻrin olgan beshta ustuvor maqsadni qamrab olgan asosiy yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtdi.

Taʼkidlanishicha, dasturdagi birinchi maqsad har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.

Maʼlumki, Yangi Oʻzbekiston ijtimoiy davlat, deb eʼlon qilindi. Xususan, yangilangan Konstitutsiyamizda davlatning ijtimoiy majburiyatlari 3 barobar koʻpaytirildi. Konstitutsiyaviy qoida va talablardan kelib chiqib, adolatli ijtimoiy siyosatni yuritish – Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning asosiy omillaridan biri etib belgilangan. Binobarin, birinchi maqsaddagi vazifalar taʼlim, tibbiyot va aholi farovonligini taʼminlash boʻyicha davlat oʻz majburiyatlarini bajarishi yoʻnalishidagi islohotlarning yangi bosqichga olib chiqilishiga xizmat qiladi.

Odamlarni hayotdan rozi qilish uchun barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlash dasturda ikkinchi maqsad sifatida belgilangan. 2030-yilga borib aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgi 2 ming 200 dollardan 4 ming dollarga oshirish, Oʻzbekistonning “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirishiga imkon beruvchi barcha ishlar atroflicha bayon qilingan.

Saylovoldi uchrashuvida Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ana shu besh maqsad – besh ustunga zarurat borligi, ular oʻz-oʻzidan yoki shunchaki tanlanmagani, ularni taʼminlash bilan koʻzlangan maqsadga erishish mumkinligi hamda bu nafaqat kelgusi yetti yilda bosh vazifa boʻlishi, yaqin kelajakda ham hal qiluvchi oʻrin tutishi taʼkidlandi. Ayniqsa, biznesni qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish ishlari yanada davom ettirilishi, har bir soha egalariga qator qulaylik va imkoniyatlar yaratish vazifasi belgilanayotgani ahamiyatli. Soliq tizimini soddalashtirish va barcha tadbirkorlar uchun teng imkoniyatlar yaratish, kelgusi yillarda biznes uchun qoʻshilgan qiymat, foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk soligʻi boʻyicha stavkalar oshirilmasligi qatʼiy kafolatlanishi shular jumlasidandir.

“Ishonch bilan aytish mumkinki, Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida belgilangan erkin va farovon, qudratli davlatni qurishda beshta strategik yoʻnalish yaqin kelajakdagi faoliyatimizda hal qiluvchi oʻrin tutadi va koʻpmillatli xalqimizning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga xizmat qiladi”, dedi nomzodning ishonchli vakili.

Uchrashuvda partiya faollari, jamoatchilik vakillari soʻzga chiqib, amalga oshirilishi belgilanayotgan bu yoʻnalishlardagi ulugʻvor vazifalarga yuqori baho berdilar va ishonchli vakil Bayrambay Otamurodovning taklifini qoʻllab-quvvatlab, 9-iyul kuni barchani xalqimiz farovonligi yoʻlida tinmay izlanayotgan, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga oʻz hayotini bagʻishlagan fidoyi inson, yurtimizda uchinchi Uygʻonish davrini boshlab bergan davlat arbobi Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz berishga chaqirdilar.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026