30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:48
Jamiyat 👁 2,658

Buyuk shoh va shoir

Buyuk shoh va shoir

Biz umrguzaronlik qilayotgan bu koʻhna Turonda shunday buyuk insonlar yashab oʻtganki, ularning ijodiy merosi, hayratlanarli xizmatlari bashariyat eʼtirofiga, hurmat-ehtiromiga sazovordir. Mana, qariyb olti asrki, buyuk shoir, tarixchi, geograf Zahiriddin Muhammad Bobur xalqimiz ruhiyatining toʻrida yashab kelmoqda. Bu buyuk isteʼdodli sarkarda halokatga yuz tutgan Temur saltanatini yangi asosda qayta tiklashga muyassar boʻldi. Shoirlikda Navoiyga, ruboiynavislikda Umar Hayyomga tenglashtirilgan bu ulugʻ zot oʻz avlodlariga "Boburnoma”dek buyuk asar yozib qoldirdi. Ulugʻ shoirning Vatanga sadoqati, farzand tarbiyasidagi harakatlari, farzandlari bilan munosabatlari biz avlodlar uchun ibrat maktabidir.

Atoqli frantsuz tarixchisi, olim, islom dini haqidagi qator tadqiqotlar muallifi, "Iso paygʻambar hayoti” asarini yozgan E. Renan: "buyuk temuriy tojdorlar Bobur – Humoyun va Akbar orasidagi oqilona vorisiylik tarixda faqat bir marta sodir boʻlgan nodir hodisa”, deb baholaydi. Bobur tirikligida tojini oʻgʻliga topshirgan yagona hukmdordir. Fidoyi oʻgʻli Humoyun esa Hindistonda otasi asos solgan saltanatni turli xil tajovuzlardan omon saqlaydi, nabirasi Akbar esa bu saltanat-u sulolaning dovrugʻini olamga yoydi.

Bobur ijodi oʻzbek xalqi uchun noyob bir xazina. Bu xazinani oʻqib-oʻrganish hamda avlodlarga asrab-avaylab yetkazish uchun yurtimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda. 1992-yil Xalqaro Bobur fondi tashkil etildi, "Jahon madaniyati va Bobur” muzeyi ochildi.

Bobur ijodiga nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyo miqyosida qiziqish katta. Anna Flora Stilning "Toj kiygan darvesh”, "Oʻn oltinchi asr bunyodkorlari”, "Shahzoda Bobur”, "Togʻ Shahzodasi” kabi ingliz tilida yaratilgan asarlarining barchasi buyuk bobokalonimiz hayoti va ijodi butun dunyo halqlarining maʼnaviyat xazinasini boyitib turganligidan dalolatdir.

Xalqaro Bobur fondi homiyligida ingliz adibasi Margaret Rumer Goden yaratgan "Gulbadan” romani chop etilgani ham fikrimizning yaqqol dalilidir.

Butun ongli hayotini xalqlar doʻstligini mustahkamlash, ona Vatanga cheksiz mehr-muhabbat tuygʻulari bilan yoʻgʻrilgan asarlar yaratishga bagʻishlagan buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan biz avlodlar har qancha faxrlansak-da oz.

Nilufar ALLANIYoZOVA, Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi.
(Foto http://www.samusspo.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026