Baynalmilal jangchilari uchun tadbir
14-fevral kuni tumanimizda Faxriy askarlar uyushmasining ijtimoiy himoya markazi tomonidan tadbir oʻtkazildi. Tadbirga 1979-1989-yillar oraligʻida Afgʻonistondagi harbiy janglarda ishtirok qilgan sobiq quroldoshlar tashrif buyurdilar. Ishtirokchilar Mangʻit shahridagi xiyobonga gulchambar qoʻyib, notoʻgʻri siyosat oqibatida oʻtkazilgan afgʻon urushida shahid boʻlgan quroldosh doʻstlari xonadonlariga tashrif buyurdilar. Soʻngra sobiq jangchilar uchun dasturxon yozilib, kontsert dasturi namoyish qilindi.


15-fevral kuni "Yangiobod” MFY tomonidan tumanimizda istiqomat qilayotgan sobiq baynalmilalchi jangchilar uchun tadbir uyushtirildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar yurtimizda humk surayotgan tinchlik va osoyishtalikning naqadar qadrli va qimmatli ekanligini taʼkidlab, barchani mana shunday dorilomon kunlarga shukrona qilib yashashga chorladi. Mahalla xomiyligida dasturxon yozildi va "Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi tomonidan sobiq baynalmilal jangchilarga sovgʻalar topshirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶