28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:40
Jamiyat 👁 228

Oʻtgan 6 oyda tuman Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga 39 ming 632ta davlat xizmatlari koʻrsatildi

Oʻtgan 6 oyda tuman Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga 39 ming 632ta davlat xizmatlari koʻrsatildi

Sir emaski, keyingi yillarda davlat xizmatlari markazlari “bir darcha” tamoyili asosida koʻplab xizmatlarni yoʻlga qoʻygani bilan aholi va tadbirkorlarga katta qulayliklar yaratmoqda. Davlat xizmatlari markazi davlat xizmatlarini taqdim etishning yangicha koʻrinishi boʻlib, ortiqcha va keraksiz qadamlar sonini kamaytirishda yordam beradi. Sohani aholiga yanada yaqinlashtirish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va hajmini oshirish maqsadida 2022-yil 20-aprel kuni “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026-yillarga moʻljallangan milliy strategiyasi” tasdiqlandi. Strategiya davlat xizmatlarini koʻrsatishning joriy holati va xorijiy mamlakatlarning ushbu sohadagi eng yaxshi tajribalarini hisobga olgan holda, “Davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaro eʼtibor markazida” tamoyili asosida tizimni modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi.

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida ham mazkur Strategiyani amaliyotga tatbiq qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina 2023-yilning oʻtgan 6 oyi davomida tuman Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga 39 ming 632ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shu jumladan, 277ta yuridik korxonalar, 522ta yakka tartibdagi tadbirkorlar yangidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, markaz tomonidan koʻrsatilgan sayyor tartibdagi davlat xizmatlari soni 2 ming 239tani tashkil qildi. Markazning tumandan olisdagi – Xitoy filiali orqali esa 1736ta davlat xizmati koʻrsatildi.

Davlat xizmatlari markazida jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatish namunali yoʻlga qoʻyilgan. Markazda murojaatchilar uchun yetarlicha sharoitlar yaratilgan boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni oy sayin ortib, takomillashib bormoqda. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatishning turli xil imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi axborot stendlari va plakatlar oʻrnatilgan.

Davlat xizmatlari markazlarining ustun jihatlari koʻp. Mazkur tizim orqali aholi va tashkilotlarga bir qancha davlat va jamoat xizmatlari bir joyda koʻrsatiladi. Bu esa, oʻz navbatida, fuqarolarga zarur maʼlumotlar olish va boshqa xizmatlardan foydalanishlarida vaqtni tejash barobarida, ortiqcha rasmiyatchilik holatlarini qisqartirishga yordam beradi.

Joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida markaz orqali 8386ta elektron raqamli imzo kalitlari berildi. Qurilish-montaj ishlari tugallangan obʼektlardan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha 1872ta xizmatlar koʻrsatildi. Oʻtgan 6 oy davomida koʻrsatilgan kadastr sohasiga oid xizmatlar 3168tani tashkil qildi. Shu bilan birga, bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish boʻyicha 3273ta xizmat koʻrsatildi.

Hisobot davrida koʻchmas mulk obʼektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha 2472ta xizmatlar koʻrsatilib, narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida 2277ta, ruhiy dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida 2297ta, sudlanmaganlik yoki sudlanganlik toʻgʻrisida 1383ta maʼlumotnomalar berildi.

Aholining hayot darajasini oshirish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni rivojlantirish maqsadida davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda. Davlat xizmatlari koʻrsatish markazlarining faoliyati esa bu boradagi saʼy-harakatlarning uzviy davomidir.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – sohada uchraydigan sunʼiy toʻsiqlarni bartaraf qilib, aholiga qulayliklar yaratish, tadbirkorlarning ish boshlashidan tortib faoliyati davomida zarur boʻladigan xizmatlarni bir joyda koʻrsatishdan iborat.

Sevara ISMOILOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026