30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 21:04
Jamiyat 👁 316

“BIR NURONIY – OʻN YoShGA MASʼUL” KOʻRIK-TANLOVINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

“BIR NURONIY – OʻN YoShGA MASʼUL” KOʻRIK-TANLOVINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI

Prezidentimizning 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” loyihasi asosida yurtimizdagi piru-badavlat keksalar, nuroniylar yoshlarga biriktirilib, ularning tarbiyasida otaxon va onaxonlarning boy hayotiy tajribasidan foydalanilmoqda. Boisi, hayotiy tajribaga ega, turmush sinovlarida toblangan, koʻpni koʻrgan yoshi ulugʻ insonlar, keksa va nuroniylarning purmaʼno oʻgitlari, pand-nasihatlari yosh avlod tarbiyasida beqiyos ahamiyatga ega.

Taʼkidlash joizki, “Nuroniy” jamgʻarmasi va Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda har bir mahallada “Bir nuroniyga oʻn nafar yosh”, “Keksa avlod uchrashuvlari” loyihalarini amalga oshirmoqda. Bu borada eng tajribali va ilgʻorlarni aniqlash hamda ularni oʻrnak qilib koʻrsatish maqsadida maxsus tanlov oʻtkazilmoqda.

“Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” koʻrik-tanlovi nuroniylar tomonidan oʻzi yashab turgan ovul va mahallalarda jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalarga toʻgʻri yoʻl topishlarida koʻmaklashish borasida amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni targʻib qilish, ijtimoiy faol boʻlgan nuroniylarni ragʻbatlantirishda muhim vosita boʻlmoqda.

7-avgust kuni mazkur tanlovning maqsadida tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovni “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisi Tursunboy Abdujabborov ochib berdi va yurtimizda keksalarni eʼzozlash, nuroniylarning yoshlarni tarbiya qilish borasida olib borayotgan ishlari, Jamgʻarmaning Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida keng toʻxtaldi.

Shuningdek, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlashda jamiyatimiz asosi boʻlgan mahalla hal qiluvchi oʻrin tutishini hamda yoshlar, farzandlar tarbiyasida nuroniylarning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanish zarurligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Ushbu tanlovda tumandagi 4 ta sektor hududidagi faol nuroniylar qatnashishdi. Uchta shart boʻyicha olib borilgan tanlovda Toʻlqin ovulidan ishtirok etgan Hanifa Yaxshimova, Qilichboy ovulidan qatnashgan Amina Yusupova, Boʻzsolma mahallasidan Salomat Madaminovalar oʻz bilim va mahoratlarini sinovdan oʻtkazishadi. Ularning shartlar boʻyicha ijrolarini hakamlar odilona baholab borishdi.

Tanlovning birinchi – “Tanishtiruv” shartiga koʻra ishtirokchilar oʻz faoliyati, oilasi, jamiyatda tutgan oʻrni, hududidagi faolligi haqidagi maʼlumotlarni sheʼriy va nasriy tarzda tavsiflab berishdi. “Yoshlar bizning kelajagimiz” deb nomlangan ikkinchi shartda ishtirokchilar tomonidan “Bir nuroniy – oʻn yoshga masʼul” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan taqdim etilgan yozma maʼlumot va albomlarga baho berildi. Shundan soʻng, “Nuroniylar bellashuvi” deb nomlangan uchinchi shartni bajarishlari uchun ishtirokchi nuroniylar sahnaga taklif etildi.

Ushbu shartda nuroniylar mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, hududidagi oʻziga biriktirilgan uyushmagan, tarbiyasi ogʻir, maʼnaviy koʻmakka muhtoj boʻlgan yoshlar bilan amalga oshirgan ishlari va erishgan natijalarini, shuningdek, yoshlarning muammolariga yechim topgani yoki ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirishga qaratilgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar berishdi va proyektor orqali slaydlar koʻrinishida taqdim etishdi.

“Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi, tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimlari hamda Amudaryo telekanali tahririyati hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tanlovda eng koʻp ball toʻplagan Boʻzsolma mahallasidan ishtirok etgan Salomat Madaminova faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻolibga “Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan 2 mln. 310 ming soʻm pul mukofoti hamda faxriy yorliq topshirildi.

Shuningdek, 2-oʻrin olgan qilichboylik onaxon Amina Yusupovaga 1 mln. 650 ming soʻm pul mukofoti hamda faxriy yorliq, 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan toʻlqinlik onaxon Hanifa Yaxshimovaga 990 ming soʻm pul mukofoti va faxriy yorliq berildi. Shuningdek, tanlovning hududiy bosqichlarida Oybek nomli mahalladan faol ishtirok etgan Usmon Avezboyev, Uyshin mahallalik Quvonish Raimov va Toryop mahallasidan qatnashgan Gulbahor Abdurahmonovalar ham qimmatbaho sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.

“Nuroniy” jamgʻarmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi raisi Tursunboy Abdujabborov gʻoliblar va sovrindorlarni tabriklab, Qoraqalpoiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan Boʻzsolma mahallasi ishtirokchisi Salomat Madaminovaga omad tiladi va barcha ishtirokchilarga oʻz minnatdorligini bildirdi.

Tadbir davomida tuman Madaniyat boʻlimining xushovoz xonandalari tomonidan kuy va qoʻshiqlar ijro qilinib, tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat ulashildi. Raqs davralariga onaxonlar, ayol-qizlar taklif etilib, koʻtarinki kayfiyat baxsh etildi.

Tadbirdan soʻng, barcha ishtikorchilarga “Mangit choʻzma lagʻmonlari” kafesida toʻkin dasturxon yozilib, osh berildi. Qiziqarli oʻtgan tanlov va ochiq dasturxon atrofida boʻlgan samimiy suhbat barchaga manzur boʻldi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026