29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:14
Qishloq xoʻjaligi 👁 266

BALIQChILIK – DAROMADLI SOHA

BALIQChILIK – DAROMADLI SOHA

Baliq goʻshti inson uchun foydali va oʻzgacha taʼmga ega boʻlgani uchun undan tayyorlangan taomlar xushxoʻr, sevimli boʻladi. Ayniqsa, juda shirali va mazali boʻlgan Amudaryoning baliqlari boshqa ellarda ham mashhur.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda daromadli soha sifatida baliqchilikni rivojlantirish, baliq mahsulotlari turlarini koʻpaytirish, eksport salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Amudaryo daryosi boʻyida joylashgan tumanimizda ham bu boradagi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda sohani rivojlantirish, intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish hamda aholining sifatli baliq mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Uyshin mahallasidagi Hamza Jumamurodov shu sohaga qiziqishi katta boʻlgani sababli 2015-yilda oʻz mablagʻi hisobidan “Abdurasul Jayhun” nomli baliqchilikka ixtisoslashgan oilaviy korxonasini tashkil qildi. Ovulda 4 gektar yer maydonida koʻl tashkil qildi va qoʻshni Xorazm viloyatidan 8 ming dona sazan, oq amur, doʻng peshona baliqlarining chavogʻini keltirib, parvarish qila boshladi. Keyingi yildan tijorat bankidan 100 mln. soʻm miqdorida kredit olib, korxona faoliyatini kengaytirdi va 2 nafar ishchi oldi. Tadbirkor oʻz faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida 2020-yilda bankdan 300 mln. soʻm miqdorida kredit oldi. Ushbu mablagʻlar yordamida yana 6 gektarga yaqin hududda koʻl tashkil qilib, ishchilar sonini 4 nafarga yetkazdi. Hozirgi kunda baliqlar soni 50 ming donaga yetkazildi.

Taʼkidlash joizki, tumanda joriy yilda baliqchilikni rivojlantirish, aholi xonadonlarida baliq boqishni tashkil qilish va baliq mahsulotlarini qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida qator ishlar yoʻlga qoʻyildi. Prezidentimizning 2018-yildagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori va boshqa hujjatlar mazkur ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim omil boʻlmoqda. Tumanda 84 ta tabiiy va sunʼiy koʻllar mavjud boʻlib, ular 701,4 gektar yer maydonlarida joylashgan. Joriy yilda 235 gektardagi suvli koʻllarda 470 ming dona baliq chavoqlantirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 205 gektar suvli maydonda 410 ming dona chavoqlantirildi va qolgan 30 gektar suvli maydonda 60 ming dona baliq chavoqlantirish koʻzda tutilgan. Ayni paytda yil yakuniga qadar berilgan rejani bajarish ishlari olib borilmoqda. Hozirda baliq yetishtirish nafaqat serdaromad soha, balki uning ijtimoiy ahamiyati katta ekanligi inobatga olinib, bu bilan shugʻullanayotgan qator tadbirkorlik subʼektlariga davlat tomonidan subsidiya va imtiyozlar joriy etilmoqda. Shu sababli tumanimizda baliqchilikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan shu yoʻnalishida qiymati 250 mln. soʻmlik loyihalarni amalga oshirish hamda yangidan 55 ta ish oʻrnini tashkil qilish rejalashtirilgan.

“Abdurasul Jayhun” baliqchilik korxonasida yetishtirilgan baliqlar ichki va tashqi bozorga yetkazib beriladi. Tadbirkor qoʻshni tumanlar va viloyatlarga tashrif buyurib, Toshkent, Sirdaryo viloyatlaridan tajriba oʻrganmoqda va oʻz faoliyatini yanada rivojlantirishga harakat qilmoqda. Baliqlar uchun zarur boʻlgan omuxta yemlar esa Germaniya, Eron davlatlaridan keltirilmoqda. Ushbu saʼy-harakatlar natijasida oʻtgan yili 30-40 tonna atrofida baliq yetishtirilib, aylanma mablagʻ 600 mln. soʻmga yetkazildi.

Baliqchilik xoʻjaliklarining davlatimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani soha rivojida muhim omil boʻlmoqda. Hamza Jumamurodov kabi gʻayratli, ishbilarmon insonlarning saʼy-harakatlari bilan esa bu sohada davlatimiz tomonidan belgilab berilgan chora-tadbirlar rejasi muvaffaqiyatli amalga oshirilib, baliqchilik rivojlanib bormoqda. Ana shunday tadbirkorlar safi ortsa, kelgusida soha yanada rivojlanib, Amudaryo baliqlarini chet elga eksport qilish ham yoʻlga qoʻyiladi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026