30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:05
Jamiyat 👁 200

Deputat – el xizmatida

Deputat – el xizmatida

Hayotda odamlar turli-turli kasblarda faoliyat olib boradi. Barcha sohalar unda mehnat qilayotgan insonlarning fidoyiligi, oʻz kasbiga boʻlgan hurmati asosida rivojlanadi. Intellektual salohiyatli, intiluvchan xodimlar oʻz jamoasidagina emas, el-yurt oldida obroʻ-eʼtibor qozonadi.

Tuman Madaniyat va turizm boʻlimida mehnat qilayotgan Oybek Begimovni bugungi kunda tumanimizda koʻpchilik taniydi desam, adashmagan boʻlaman. Buning boisi mehnat faoliyati bilangina bogʻliq emas. U iqtidorli suxandon sifatida tumanimizda oʻtkazib kelinayotgan barcha davlat tadbirlarida, muhim sanalar munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirlarda, ommaviy koʻngilochar tomoshalarda boshlovchilik qilib, elimizga sidqidildan xizmat qilib kelayapti.

U maktabni tugatgach, K.Ayimbetov nomidagi Nukus madaniyat kollejining klub tadbirlari rejissyori yoʻnalishida oʻqib, qiziqishlariga koʻra bilim va malakalarini oshirdi. Mehnat faoliyatini 2006-2011-yilda tumandagi 9-sonli Choykoʻl qishloq klubi mudiri boʻlib ishlashdan boshladi. keyinchalik markaziy madaniyat uyida badiiy rahbar, direktor oʻrinbosari, madaniyat va aholi dam olish markazi ommaviy-madaniy va maʼrifiy hamda teatrlashtirilgan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha rejissyor vazifalarida ishladi. Ayni kunda tuman Madaniyat va turizm boʻlimi madaniyat markazida ommaviy-madaniy va maʼrifiy hamda teatrlashtirilgan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha rejissyor boʻlib ishlayapti.

Odatda ommabop madaniy tomoshalarni koʻrganimizda koʻnglimiz tozarganday ruhimiz yengillashadi, atrofga oʻzgacha nigoh bilan qaraymiz. Bunday kechinmalar tomosha taʼsiri ekanligini his qilamiz-u biroq shunday taʼsirli va zavqli tomoshalarni tayyorlagan insonlarning mashaqqatli mehnatlari haqida oʻylab ham koʻrmaymiz.

Oybek Begimov 17-yildan beri ana shunday tomoshalarni tayyorlashga hissa qoʻshishdan tashqari ularda boshlovchilik ham qiladi. Bu unga ikki hissa masʼuliyat yuklaydi.

Shuningdek, ishdan boʻsh vaqtlarida yurtdoshlarimizning toʻy-tantanalarida ham xizmat qilib, el olqishini olib kelayapti.

Oybek Begimov oʻz mehnat jamoasida, tumanimizda halol mehnatlari tufayli eʼtibor qozongan inson. Yosh boʻlsa-da, unga Boyovul saylov okrugi saylovchilari ishonch bildirishib, tuman Kengashi deputati qilib saylashgan. U xizmat lavozimi yuklamalari qatorida deputatlik burchini ham ado etishga, saylovchilari bilan muntazam uchrashib, ularning turmushidagi muammolari hal boʻlishi uchun ham intiladi.

Joriy yilning oʻzida Boyovul mahalla fuqarolar yigʻini binosida 3-sektor rahbari, Xalq qabulxonasi mudirining sayyor qabuli tashkillashtirilishiga bosh boʻldi va aholi hayotidagi muammolarni masʼullarga yetkazishga intildi.

Hududdagi maktab oʻquvchilari bilan, uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularning maʼnaviyatini yuksaltirishga harakat qildi, bugungiday erkin, farovon hayotni qadrlashga, yetuk insonlar boʻlib voyaga yetib, yurtimizga xizmat qilishga chorladi. Oʻz hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ,qurilish ishlarini nazorat qilib borishga mehrga muhtoj insonlardan xabar olishga ham vaqt topadi.

Hududning Ahmad Yassaviy koʻchasida yashovchi Ilhom Bobojonov xonadoni oldida turgan elektr simyogʻoch chirib yaroqsiz holga kelib qolgani, qulab tushish xavfi borligini deputatga aytganidan koʻp oʻtmayoq eski simyogʻoch tuman Elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan yangisiga almashtirildi. Shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuv chogʻida fuqarolar Qilichboy, Zulfiya nomli, Tadbirkorlar koʻchalaridagi xonadonlar tomorqasiga oqar suv yetishmayotganini bildirishgan edi. Bu borada tegishli idoralarga murojaat qilib, Mangʻit arna kanaliga nasos oʻrnatilishiga bosh boʻlgan deputatdan aholi juda minnatdor boʻldi. Oybek Begimov esa eliga nafi tegayotganida faxrlanib yashaydi. Zero el-yurt gʻamida yashash – haqiqiy olijanoblikdir.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026