30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:05
Jamiyat 👁 178

YoLGʻIZ VA OʻZGALAR QARAMOGʻIGA MUHTOJ KEKSALAR – DAVLAT EʼTIBORIDA

YoLGʻIZ VA OʻZGALAR QARAMOGʻIGA MUHTOJ KEKSALAR – DAVLAT EʼTIBORIDA

Oʻzgalar qaroviga muhtoj, yolgʻiz keksalar, nogironligi bor kishilarni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan sanaladi. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda inson qadri uchun katta ishlar amalga oshirilib, yakka-yolgʻiz va parvarishga muhtoj qariyalarni davlat himoyasi va qaramogʻiga olish boʻyicha qator hukumat qarorlari va Prezident Farmonlari qabul qilindi. Amudaryo tumanidagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi tomonidan mazkur hujjatlar asosida faoliyat olib, azaliy qadriyatlarimizga amal qilgan holda tumandagi yolgʻiz qariyalarga gʻamxoʻrlik koʻrsatib kelishmoqda.

Boʻlim xodimlari faoliyati davomida koʻplab savobli ishlar qilish bilan birga ijtimoiy ogʻir sharoitga tushib qolgan nogironlarga, shuningdek, keksa yotoqda qolgan otaxon va onaxonlarga tegishli xizmatlarni koʻrsatishmoqda. Aytish joizki, Amudaryo tumanida Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi “Keksalar va nogironlarni manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va tuman hokimligining tegishli qaroriga koʻra 127 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan hamda yolgʻiz yashaydigan keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshga doir pensionerlar roʻyxatga olingan. Ushbu qariyalarga tumandagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimining 18 nafar xodimlari ijtimoiy xizmat koʻrsatib, reabilitatsiya vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan davlatdan va homiylar hisobidan taʼminlashmoqda.

Prezidentimizning 2022-yil 8-iyundagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylarining moddiy taʼminotini yaxshilash hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan roʻyxatga olingan 40 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga esa bepul yetkazib beriladigan oziq-ovqat mahsulotlari hamda gigiyena tovarlari oʻrniga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida qoʻshimcha toʻlov ham toʻlab borilmoqda.

Undan tashqari, joriy yilda Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi tegishli qaroriga asosan muhtoj nogiron va yoshga doir pensionerlarning reabilitatsiya texnik vositalarga muhtojligi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosalarga asoslanib, roʻyxat shakllantirilgan edi. Ushbu roʻyxatga koʻra, 218 nafar fuqaro reabilitatsiya texnik vositalari va kreslo-aravacha bilan taʼminlandi. Ulardan 15 nafariga elektr yuritmali kreslo-aravacha, 44 nafariga kattalar uchun nogironlar aravachasi, 14 nafar bolaga bolalar uchun nogironlar aravachasi, 33 nafar fuqaroga eshitish moslamasi, 21 nafar fuqaroga qoʻltiq tayoq, 86 nafar fuqaroga hassa tayoq, 3 nafariga tirsakli tayoq, 3 nafariga xodunok, 6 nafariga koʻzi ojizlar hassasi, 2 nafariga najas qabul qilgich kabi vositalar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2015-yil 25-martdagi “Nogironlar va keksalarni bepul sanatoriya-kurort yoʻllanmalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomasiga asosan vazirlik tizimidagi sanatoriylarda salomatliklarini tiklab olishlari uchun 286 nafar nogiron va yoshga doir pensionerlarga bepul yoʻllanmalar berildi. Tumanimizdan 7 nafar nogironlar vasiylari tomonidan berilgan arizalarga koʻra Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi tegishli qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartish va bandlik vazirligida tashkil etilgan “Muruvvat” internat uylariga joylashtirildi.

Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ehtiyojmand qatlamlariga mehr-oqibat, xayr-saxovat koʻrsatish xalqimizga xos fazilatdir. Mehr-muruvvatga, gʻamxoʻrlikka muhtoj bunday fuqarolarning salomatliklarini tiklash, bepul dori-darmon, protez-ortopediya buyumlari bilan taʼminlash, sharoitlarini yaxshilash kabilar davlatimizning ham doimiy eʼtiborida. Prezidentimizning alohida gʻamxoʻrliklari, insonparvarlik bilan yoʻgʻrilgan siyosatlari natijasida mehr va eʼtibordan bahramand boʻlayotgan keksalar ham koʻrsatilayotgan beminnat koʻmakdan juda mamnun.

H.Norboyev, tuman Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026