30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:11
Jamiyat 👁 218

AMUDARYo TUMANI “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI BOShLIGʻI TAYINLANDI

AMUDARYo TUMANI “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZI BOShLIGʻI TAYINLANDI

16-avgust kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi raisini tayinlash masalasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi raisi Saylaoʻbay Daniyarov, tuman hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetov, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari, bir guruh faxriylar ishtirok etdilar.

Yigʻilish avvalida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi raisining buyrugʻi asosida agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshligʻi lavozimiga Duysenbayev Gʻulomjon Ismoilovich tayinlangani maʼlum qilindi.

Gʻulomjon Duysenbayev 1983-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan. 2007-yilda Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyat davomida Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchisi, mazkur akademik litsey direktorining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, ushbu akademik litsey direktori, tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari lavozimlarida faoliyat olib borgan. Keyinchalik Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari – Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Gʻulomjon Duysenbayev shu kunga qadar tuman Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligiga koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yoʻnalishlari belgilab berildi. Bu esa mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qilmoqda.

Farmonga muvofiq endilikda hududlarda ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish va uning samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining koʻmakka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini taʼminlash hamda ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, turmushi ogʻir ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Aholiga individual yondashuv asosida ijtimoiy koʻmak koʻrsatishda hech shubhasiz aytish mumkinki, soʻnggi yillarda yaratilgan “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” tizimlarining oʻrni beqiyos. Oʻz navbatida, mahallalarda hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari lavozimlarining joriy etilgani esa ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish imkonini bermoqda.

Bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida yuqoridagi Farmonga koʻra tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilib, ijtimoiy xodimlar guruhlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Yigʻilishda tegishli masʼullarga har bir xonadon ahvolini oʻrganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlash, oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini oʻrganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish, ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Shuni taʼkidlash lozimki, aholining ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga ehtiyoji yuqori boʻlgan qatlamini manzilli aniqlash borasida yangi tizimning joriy etilishi kelgusida aholi turmush farovonligining yanada yuksalishida oʻzining ijobiy samaralarini beradi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026