30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:09
Jamiyat 👁 257

Odil sudlov – inson manfaatlari himoyasining garovi!

Odil sudlov – inson manfaatlari himoyasining garovi!

Prezidentimizning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga navbatdagi murojaatnomasida islohotlar izchil davom ettirilishi taʼkidlandi.

Darhaqiqat, 2023-yil ham qonunchilikda sermahsul va samarali boshlandi. Izchil olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining davomi sifatida Prezidentimiz joriy yil 16-yanvar kuni «Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi hamda «Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonlarni imzoladi.

Ushbu hujjatlarda sud tizimini keskin isloh qiluvchi oʻzgarishlar belgilangan. Sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini taʼminlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish maqsadida 2023-2026-yillarga moʻljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi hamda ushbu strategiyani amalga oshirish boʻyicha harakatlar dasturi ham tasdiqlandi.

Strategiya doirasida odil sudlovni taʼminlashning ustuvor vazifalari etib «Inson qadri uchun» gʻoyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida oʻzining ishonchli himoyachisini koʻrishga erishish qayd etildi.

Fuqarolar hamda tadbirkorlarga oʻz huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, sudlar faoliyatini toʻliq raqamlashtirish, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish boʻyicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish nazarda tutildi. Sud qarorlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning maʼsuliyatini oshirish, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali aholida suddan va davlatdan rozilik hissini uygʻotish belgilandi.

Murojaatnomada davlatimiz rahbari fuqarolarning sudma-sud sarson boʻlishiga barham berilishi, viloyat sudlarining odil sudlovni amalga oshirish borasidagi vakolatlari yanada kengaytirilishini bayon qilgan. Viloyat sudlari vakolatlari kengaytirilishining oʻzi odamlarning qanchalar ovoragarchiliklariga barham beradi. Bu nimalarda koʻrinadi?

Sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida mazkur farmonda tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instantsiyada koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolati berilmoqda. Bu tartib amalga oshishi bilan odil sudlovga erishishning imkoniyatlari yanada kengayib, aholi ovoragarchiligining oldi olinadi. Endilikda birinchi instantsiya sudining qaror yoki hukmidan norozi taraflar viloyat va unga tenglashtirlgan sudlarga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilib, natijasidan ham qoniqmasa, adolat qaror topmadi, deb hisoblasa ish mazkur sudlarda taftish tartibida qayta koʻrib chiqiladi. Demak, har bir tomon rozi boʻladigan, eʼtiroz qolmaydigan darajada mukammal koʻrib chiqiladi va qonuniy xulosa qilinadi. Undan ham norozi boʻlgan taqdirdagina, oʻz navbatida, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida koʻrilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hayʼatlarida taftish tartibida qayta koʻrib chiqishi belgilanmoqda. Yuqori instantsiya sudlari tomonidan ishni yangidan koʻrish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilish maʼsuliyati yuklatilmoqda. Mana shu amaliyot ham albatta oʻzining ijobiy samarasini beradi. Chunki sud hujjatidan norozi odamlar yuqori instantsiya sudiga katta umid bilan murojaat qiladi. Ular esa ishni yana quyi sudlarga qayta koʻrish uchun yuboradi. Endilikda yuqori instantsiyaning oʻzi yakuniy toʻxtamga kelishi kerak boʻladi.

Bundan tashqari, farmonda sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qatʼiy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etildi.

Sudning mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini taʼminlashni kuchaytirish boʻyicha sudga hurmatsizlik qilish holatlarini oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash, sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish, odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlikka doir har bir jinoyat ishi yakuni boʻyicha jamoatchilikni ommaviy axborot vositalari orqali majburiy ravishda xabardor qilish tartibini joriy etish belgilandi. Yaʼni, kimdir qaysidir yoʻsinda sud ishiga aralashsa, turli koʻrinishda bosim yoki xalaqit bersa javobgarlikka tortiladi. Mazkur ish natijasi esa, albatta, matbuotda keng yoritiladi.

Mamlakatimiz rahbarining ushbu farmoni «Yangi Oʻzbekiston – yangi sud» tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirish, sohaga ilgʻor xalqaro standartlarni joriy etish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini beradi.

Kayrat Kipshakbayev, Nukus tumanlararo maʼmuriy sudining raisi

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026