30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:01
Jamiyat 👁 158

DOʻRMANDA MILLIY QADRIYaTLARIMIZ TARGʻIB ETILGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

DOʻRMANDA MILLIY QADRIYaTLARIMIZ TARGʻIB ETILGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Yurtimizda istiqlol yillarida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi mavqeini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy islohotlardagi ishtirokini kengaytirish, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish ustuvor vazifaga aylandi. Bu borada mustahkam huquqiy asoslar yaratilib, amaliyotga joriy etildi. Ayniqsa jamiyat va davlatni boshqarishda xotin-qizlar ishtirokini kengaytirishga eʼtibor kuchaydi.

Bugungi kunda joylarda mavjud muammolarni bartaraf etishda, oilalar mustahkamligini taʼminlashda, komil farzandlarni voyaga yetkazishda, ularning oʻz salohiyati, qobiliyatini jamiyatimiz ravnaqi yoʻlida safarbar etishida yurtimiz ayollarining munosib hissasi bor. Har jabhada oʻrni bor ayollar yurtimizda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, anʼanalarimizni koʻz qorachigʻiday asrab-avaylab, kelgusi avlodlarga yetkazishda mustahkam rishta boʻlib xizmat qiladi.

Maʼlumki xalqimizning asriy anʼanalaridan biri – hunar oʻrganish, mehnatsevarlikdir. Oʻz hunari orqali halol rizq topish, oʻz turmushini oʻzi fayzli, obod va farovon etishga intilish – yurtimiz ayollariga xosdir.

Shuningdek, ular quvnoq, mehmondoʻst va ochiq koʻngil, tarixiy ildizlariga sadoqatli. Shu boisdan ham qutlugʻ kunlarni, bayram sayillarni milliy qoʻshiqlar, raqslar ijro etib, aytishuvlarda bellashib, zavqli oʻtkazadilar. Borini dasturxonga toʻkib, mehmondoʻstligini, pazandaligini, odobini namoyish etishni xush koʻradilar.

26-avgust kuni tumanimizning Doʻrman ovuli xotin-qizlari uchun “Ayol baxtli boʻlsa, oila baxtli boʻladi, oila baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi” degan gʻoyani oʻzida ifoda etgan, mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan milliy urf-odatlarimiz qadriyatlarimizni targʻib etuvchi tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Soburova, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Chimboychiyeva, Farovon mahallasi hokim yordamchisi Muqaddas Beknazarova, ovul xotin-qizlar faoli, koʻchaboshchi ayollari, nuroniy onaxonlar, shuningdek, hududdagi ovul-mahallalarning xotin-qizlar faollari, koʻchaboshchi ayollari ishtirok etdilar.

Tadbir hudud ayollari qoʻl mehnati mahsuli boʻlgan tikuvchilik, toʻqimachilik mahsulotlari, hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmasi bilan boshlandi. Ishtirokchilar doʻrmanlik ayollar oddiy qogʻozdan, yelim idishlardan yasagan gullar, naqshli shakllarni, toʻquvchilik, tikuvchilik namunalarini koʻrib hayratga tushdilar.

Urf-odatlarimizga koʻra mehmonlarni milliy kiyimlardagi qizlar, kelinlar tavoze bilan, non-tuz tutib kutib oldilar.

Shoʻx musiqa sadolari ostida mehmonlar oʻz oʻrinlarini egalladilar va doʻrmanlik mohir onaxonlar ijrosida xalqimizning qadimiy qoʻshiqlarini, aytishuvlarini, alla-laparlarini tinglab, maroqli hordiq chiqardilar.

Ayniqsa yor-yor, kelin salomlari ijrosi barchaga manzur boʻldi.

Doʻrman ovulining eng soʻlim goʻshasi - baland archalar, manzarali daraxtlar sos solib turgan 83-sonli maktab oldida tashkillashtirilgan milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarimizni targʻib etishga bagʻishlangan tadbir hudud ayollari hayotida oʻchmas xotiralar qoldirdi. Milliy qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi ekanligini qalblariga teran joyladi.

Oygul RAJABOVA.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026