30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:12
Jamiyat 👁 207

YoSh AVLOD KAMOLIDA MAHALLANING OʻRNI ULKAN

YoSh AVLOD KAMOLIDA MAHALLANING OʻRNI ULKAN

Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularni barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga doir keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlarning zamonaviy ilm-fanni chuqur egallashiga, salohiyatini rivojlantirishiga barcha sharoitlar yaratilgan. Ularning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga eʼtibor qaratilib, doimiy muloqot qilish orqali hayotidagi muammolarini aniqlash va hal etish davlat organlari, jamoat tashkilotlarining dolzarb vazifasiga aylanayotir.

Ayniqsa oʻsmir-yoshlar koʻnglida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ekstremizm, terrorizm kabi buzgʻunchi gʻoyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirishga, yot gʻoyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni tarbiyalashga eʼtibor qaratilayotir.

Buningdek dolzarb vazifalar ijrosiga hissa qoʻshish maqsadida Amudaryo televideniyesi tahririyati Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat Fondi taʼsis etgan “Yoshlarning maʼnaviy ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” mavzusidagi tanlovida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻldi hamda muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Yaqinda ushbu grant loyihasi rejasiga koʻra Mangʻit shahridagi mahallalarda “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida yosh avlodni har tomonlama yetuk, maʼnaviyatli insonlar qilib voyaga yetkazish, ularni yot gʻoyalardan himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.

Mahalla fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan yoshlar tarbiyasiga bagʻishlangan tadbirda mahallada yashovchi pir-u badavlat otaxonlar, onaxonlar, ibratli oilalar sohiblari, yosh oilalar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni mahalla fuqarolar yigʻini raisi Murotboy Haybullayev ochdi. Shuningdek, grant loyihasi ijrochilaridan biri Oygul Rajabova yoshlarni har jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazishda mahallalarning, ibratli oilalar vakillarining ijobiy taʼsiri haqida, xalqimiz turmush tarzidan mustahkam oʻrin olgan milliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimizning tutgan roli haqida maʼruza qildi.

Aytish joizki, ushbu hududda Bolalar sport maktabi, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi, nodavlat oʻquv markazlari mavjud 9ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oʻstirishga, qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari oʻsmir-yoshlarning boʻsh vaqtlarini maqsadli oʻtkazishiga, ularning kasb-korli, ilmli boʻlib voyaga yetishiga, turli tanlovlar, musobaqalar oʻtkazib, iqtidorini yuksaltirishga harakat qilayotir. Nuroniy otaxonlar, onaxonlar bilan uchrashuvlari oʻtkazilib yoshlar tarbiyasida ularning hayotiy tajribalaridan unumli foydalanilmoqda.

Tadbirda soʻzga chiqqan mehnat faxriysi, hoji ona Malika Davletova, Gulbahor Xudoyberganova, mahalla xotin-qizlar faoli Mahfuza Ibragimova, profilaktika inspektori Salohiddin Pardakulovlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ular yosh avlod kamolida nuroniy otaxon va onaxonlar oʻgitlarining oʻrni ulkan ekanligini alohida taʼkidladilar va barchani yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qoʻshishga daʼvat etdilar.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026