30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:08
Jamiyat 👁 245

AHOLINI SOGʻLOM YaShAShGA TARGʻIB ETMOQDAMIZ

 AHOLINI SOGʻLOM YaShAShGA TARGʻIB ETMOQDAMIZ

Bugungi kunda insoniyat oldida turgan global muammolardan biri – ekologik muvozanatning izdan chiqayotganidir. Uning salbiy oqibatlarini har bir yurtdoshimiz oʻz hayotida yaqqol  his qilayotir. Insoniyatning kelgusida yer kurrasida emin-erkin yashashining asosiy shartlaridan biri ekologiya va atrof-muhitni himoya qilishdir.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi ekologiyani yaxshilashning asosiy yechimi sifatida “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish, ushbu siyosatni amalga oshirish tufayli Oʻzbekistonda barqaror va doimiy oʻsib boradigan iqtisodiyotni shakllantirish tarafdori.

Shuningdek, iqtisodiy faoliyatning atrof-tabiiy muhitga va aholining salomatligiga salbiy taʼsirini pasaytiruvchi innovatsion texnologiyalarni joriy etish hisobiga barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish kabi vazifalarning hal etilishi Oʻzbekiston taraqqiyoti, xalq farovonligi taʼminlanishiga asos boʻladi.

Ekologik partiya aʼzosi, tuman Kengashi deputati sifatida va oʻzim aynan shifokor boʻlganim boisidan ham bu vazifalarning nechogʻlik muhim ekanligini chuqur anglayman. Deputat va partiya faoli sifatida oʻz hududimda atrof-muhitni obodonlashtirish, yashil daraxtlarni koʻpaytirish, chor-atrofni toza, orasta tutish lozimligini aholi orasida targʻib etaman, har bir kishi oʻz salomatligiga oʻzi masʼul boʻlishini, sogʻlom turmush tarzi hayotda baxtiyor va uzoq yashashning asosiy shartlaridan ekanligini tushuntirishga harakat qilaman.

Bugungi kunda bizning “Qangli” oilaviy shifokorlik punktimiz 1410 xonadonda istiqomat qiluvchi 8228 nafar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Punktimizda faoliyat yuritayotgan 1 nafar stomatolog, 4 nafar oila shifokori, 23 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari, shundan 9 nafar patronaj hamshiralar aholi sogʻligʻini saqlashda, ularga tibbiy xizmat koʻrsatishda fidoyilik bilan ishlayaptilar.

Tibbiyotda kasalni davolagandan koʻra, uning oldini olgan afzal, degan ibora bor. Bu bizning faoliyatimizning asosiy mezoniga aylangan. Chunki har qanday kasallikka chalingan odamda davolanishdan soʻng ham maʼlum asoratlar qoladi. Bundan tashqari, dard iskanjaga olgan odamning  hayotiy faolligi susayib, ruhiy tushkunlikka tushadi. Uni davolash, sogʻlom hayotga qaytarish esa ancha vaqt va mablagʻni talab qiladi. Shu boisdan ham mamlakatimizda tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, aholi orasida sogʻlom yashash tamoyillari keng targʻib etilayapti. Bu borada turli targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazayapmiz, xodimlarimiz uyma-uy yurib ham bu borada keng tushuntirish ishlarini olib borayapti. Natijada aholi orasida birlamchi kasallanish soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan kamayishiga erishildi.

Hayotda sogʻlomlik – baxtiyor,  farovon yashash imkonini beradi. Bu bebaho neʼmatni, chor-atrofimizdagi tabiiy muhitni asrashimiz, sogʻlom turmush tarziga amal qilishimiz lozim.

Tumanimizning barcha aholisini mustaqilligimizning 32 yilligi bilan qizgʻin qutlayman va sogʻlom yashashga chorlab qolaman.

Zamira SAPAROVA,

Qangli oilaviy shifokorlik punkti mudirasi,

tuman Kengashi deputati,

Ekologik partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” yetakchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026