01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 18:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 238

AMUDARYo TUMANIDA PAXTA TERIMI BOShLANIShIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

AMUDARYo TUMANIDA PAXTA TERIMI BOShLANIShIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Oʻlkamizga oltin kuz fasli kirib keldi. Dehqonlar erta bahorda dalalarga ekkan ekinlarining hosilini yigʻishtirib olish taraddudiga tushdilar. Ayniqsa, femrmer xoʻjaliklarida asosiy ekin – paxta koʻsaklari ochilib, dalalarda moʻl hosil toʻplandi. Fermerlarning, dehqonlarning yil-oʻn ikki oy davomida qilgan mehnati samarasini koʻrgan koʻzlar quvnaydi. Amudaryo tumani fermerlari bu yil ham dalalarda chinakamiga gʻayrat-shijoat bilan mehnat qilishib, moʻl hosil yetishtirishga erishdilar. Tabiat injiqliklarini, suv taqchilligini ular tajribasi, omilkorligi bilan yengib oʻtdilar.

10-sentyabr kuni joriy yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumining ramziy boshlanishi va shu munosabat bilan “Oq oltin karvoni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tumanning Toshyop ovuli hududidagi “Bekman Allamberganov” fermer xoʻjaligida boʻlib oʻtgan tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova, tumandagi sektorlar rahbarlari va qishloq xoʻjaligi masʼullari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda qishloq xoʻjaligi korxonalari, sohada faoliyat yuritayotgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Joriy yilning erta bahorida tumandagi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi «Amudaryotex» xorijiy korxonasi paxta-toʻqimachilik klasteri bilan shartnoma tuzgan 348ta fermer xoʻjaliklarining jami 13 ming 900 gektar maydoniga chigit ekilgan edi. Bugunga kelib fermer xoʻjaliklari dalalarida dehqonlarning mashaqqatli mehnatlari evaziga moʻl hosil yetishtirildi. Ular jami 44 ming 650 tonnalik sarbaland paxta xirmonini bunyod etishni maqsad qilishgan.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov soʻzga chiqib, har bir xoʻjalik rahbari hosil taqdiriga javobgar ekanligini, paxtakorlarning erta bahordan urugʻ qadab, zarur agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida hamda sifatli bajarib, mashaqqatli mehnatlari evaziga yetishtirilgan hosilini nobud qilmasdan yigʻib-terib olish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini taʼkidladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova paxta yigʻim-terim ishlarini namunali tashkil etish, terimchilar uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini aytib, bu borada masʼullarga topshiriqlar berdi.

Shu kuni joriy yilning ilk paxta hosili xirmonga topshirildi.

Yigʻilishdan keyin MChJ shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasida tadbir ishtirokchilariga osh berildi.

Eʼtirof etish joizki, joriy yilgi yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda yigʻib-terib olish boʻyicha tumanda 310ta terim otryadlari tashkil qilindi. Terim otryadlariga tajribali xoʻjalik faollari otryad rahbarlari etib tayinlandi. Otyadlarga jami 25 ming 682 nafar terimchilar jalb qilindi, har bir otryadga oʻrtacha 82 nafar terimchilar toʻgʻri keladi. Terimchilarning 6670 nafari paxta-toʻqimachilik klasteri va fermer xoʻjligi ishchilaridir.

Hisob-kitoblarga koʻra har bir terimchi kuniga oʻrtacha 50 kilogrammdan paxta tersa, bir kunda oʻrtacha 1 ming 284 tonna paxta terilib, 34 ish kunida belgilangan reja ado etiladi. Bundan koʻrinib turibdiki, 40-45 ish kunida terimni yakunlashning imkoniyati mavjud. Tumanda terim ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil qilib, terim pullarini oʻz vaqtida toʻlab borish uchun bank xodimlari biriktirilgan.

Qabul punktlarida ham yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilingan holda mavsumga tayyorgarlik ishlari olib borildi va xoʻjaliklardan keltirilgan paxtalarni oʻz vaqtida qabul qilib olishga shay qilib qoʻyildi. Bundan tashqari, terimchilarni muntazam ravishda sifatli tushlik bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, fermer xoʻjaliklari tomonidan qozon-oʻchoqlar, toza ichimlik suvi saqlash idishlari va boshqa zarur ashyolar tayyor qilib qoʻyilgan.

Dehqon va fermerlarimizga mavsumni qisqa muddatlarda yakunlab, bu yil ham xirmonlari sarbaland boʻlishlarini tilab qolamiz.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026