30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 14:49
Jamiyat 👁 2,812

KEKSALAR – JAMIYaT KOʻRKI

KEKSALAR – JAMIYaT KOʻRKI

Inson – hayot gultoji. U oʻzining orzu-intilishlari, ezgu amallari bilan hamisha hayot gulbogʻining koʻrki boʻlib kelgan. Chunki kishilik jamiyatidagi barcha ijobiy oʻzgarishlar, yangilanish va taraqqiyot faqat va faqat inson zakosi, fidoyi mehnatining mahsulidir. Hayotda oʻzidan yaxshi iz, yaxshi nom qoldirib yashash esa har bir inson dilidagi eng ezgu maqsad.

Men har gal keksa avlod vakillari bilan uchrashganimda, muloqotda boʻlganimda ularning nafaqat bosib oʻtgan umr yoʻllari, balki har bir soʻzi bugungi yoshlarimiz uchun eng ibratli maktab ekanligini his etaman. Chehralarida nuroniylik balqib turgan keksa onaxon va otaxonlarimiz – jamiyatimizdagi bugungi mislsiz taraqqiyotga juda katta hissa qoʻshgan, xalq farovonligi, baxt-saodati yoʻlida kuch-qudratini safarbar etgan fidoyilar aynan ulardir. Shuning uchun ham muhtaram Prezidentimiz nuroniy insonlarga hurmat va eʼtiborning yana bir ramzi sifatida 2015-yilga "Keksalarni eʼzozlash yili” deb nom berdilar. Shu barobarida Yurtboshimiz: "Barchamizni oq yuvib, oq taragan, ona yurtimizning ogʻir yukini, uning quvonch va tashvishini umr boʻyi yelkasida koʻtarib kelgan moʻʼtabar bobolarimiz va momolarimizni, ota-onalarimizni rozi qilish, ularning duosini olish – dunyodagi eng ulugʻ, eng savobli ish”, ekanligini taʼkidladilar, yilga monand Davlat dasturi qabul qilish, bugungi kunda keksa avlod vakillari hayotiga daxldor boʻlgan muammolarni hal etish masalalari "Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi ijrosida oʻz amaliy isbotini topishi zarurligiga alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Darvoqe, qariyalarimiz nafaqat xonadonlarimizning, balki hayotimizning farishtalari, gultoji, jamiyatimiz koʻrki. Ularning yaxshi dam olishlari, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinishi uchun gʻamxoʻrlik koʻrsatish inson omiliga eʼtiborning eng ustuvor tamoyillaridan biridir. Bu 2015-yilning 18-fevralida qabul qilingan "Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida oʻz ifodasini topgan. Ayniqsa, Dasturda 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish yuzasidan yil davomida amalga oshiriladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar bandma-band belgilab qoʻyilgani yanada quvonarli. Haqiqatan ham, mamlakatimiz aholisining juda kam sonli qatlamini tashkil etuvchi ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari uchun farovon va munosib turmush sharoitlari yaratish bilan birga ularning koʻngilli dam olishlari, Oʻzbekistondagi oʻzlari xohlagan sihatgohlarda davolanib, salomatliklarini mustahkamlashlari uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirish Davlat dasturida oʻz ifodasini topgan. Hatto qariyalarning qiziqishlari boʻyicha mahallalarda turli muloqot markazlari, klublar tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratish, ulugʻ insonlarning qiziqishlariga mos mavzularda maxsus telekoʻrsatuvlar, spektakl va filmlar yaratish ham Keksalarni eʼzozlash yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar sirasiga kiritilishi biz – keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan beqiyos gʻamxoʻrlikdir. Menimcha, bundan ortiq mehr-oqibat, eʼtibor va gʻamxoʻrlik boʻlmasa kerak. Demak, nuroniylarimiz toʻla davlat muhofazasida, ularning yaxshi, har tomonlama farovon, izzat-hurmat qurshovida yashashlari uchun Prezidentimizning oʻzi jon kuydirayotir. Biz – nuroniylar bundayin gʻamxoʻrlikka munosib ravishda tobora mislsiz taraqqiyot pogʻonalaridan yuksalib borayotgan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash yoʻlidagi barcha xayrli ishlarga qoʻl-qanot, eng yaqin maslahatgoʻy, bir samimiy doʻst boʻlib yashashga hamisha burchlimiz. Chunki mamlakatimizning bugungi qudrati va salohiyatida keksa avlod vakillari – biz nuroniylarning munosib hissamiz bor. Buni qalban his etib yashash esa bizga hamisha kuch-quvvat bagʻishlaydi.

Bekman ALLABERGANOV,

"Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026