30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:38
Jamiyat 👁 158

OROLBOʻYI HUDUDLARIDA EKOLOGIYaNI YaXShILAShGA DOIR LOYIHANI AMALGA OShIRIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR OʻTKAZILDI

OROLBOʻYI HUDUDLARIDA EKOLOGIYaNI YaXShILAShGA DOIR LOYIHANI AMALGA OShIRIShGA BAGʻIShLANGAN SEMINAR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi va Global ekologik jamgʻarmasining “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq yerlar va qirgʻoqboʻyi hududlarni saqlash hamda boshqarish” qoʻshma loyihasi doirasida davlat va nodavlat tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

2023-yil 20-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligi binosida loyihani amalga oshirish guruhi tomonidan oʻtkazilgan ushbu seminarda mazkur loyihaning maqsadi va vazifalari haqida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu loyiha Orolboʻyi mintaqasi koʻllari, suv-botqoq hududlarini saqlash va barqaror boshqarish boʻyicha olib boriladigan amaliy ishlarni qamrab oladi.

Suv-botqoq hududlari jahondagi biologik xilma-xillik va eng qimmatli ekotizimlardan biridir. Bugungi kunda Orol dengizi havzasida ham koʻllar, botqoq hududlar va qirgʻoq ekotizimlari saqlanib kelmoqda. Koʻchmanchi qushlarning juda koʻp turlari uchun Oʻzbekiston juda muhim uchib oʻtish yoʻlida joylashgan. Masalan, Sudoche, Dengizkoʻl, Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi qishlovchi-koʻchmanchi qushning asosiy makonlari hisoblanadi.

Seminar davomida ushbu loyihaning maqsadi – muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, asosiy biologik xilma-xillik hududlari va asosiy ornitologik hududlar atrofidagi mahsuldor landshaftlarni yer va suv resurslarini kompleks boshqarish bilan birgalikda tuproq degradatsiyasining oldini olish orqali Quyi Amudaryo va Orol dengizi havzasi hududida ekotizimlar barqarorligini va hayot faoliyatini oshirishdan iboratligi keng tushuntirildi. Shuningdek, loyihaning maqsadli hududlari Oʻzbekistonning janubiy va janubi-gʻarbida joylashgan Amudaryoning quyi oqimi va Orol dengizi havzasi hisoblanishi, bu hudud maʼmuriy jihatdan Buxoro viloyatining Olot, Qorakoʻl tumanlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo va Moʻynoq tumanlarini oʻz ichiga olishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Loyihani amalga oshirish guruhi aʼzolari maqsadli hududlarda  tabiiy ekotizimlarning koʻpchiligi, yaʼni botqoq hududlar, koʻllar Amudaryo havzasining qirgʻoqboʻyi maydonlari joylashganini, bu hududlarda degradatsiyaga eng koʻp uchragan yaylovlar va sugʻoriladigan maydonlar mavjudligi, ularning aksariyati shoʻrlanishga moyilligi eʼtiborga olinganini qayd etishdi. Loyiha faoliyati ushbu qurgʻoqchil landshaftdagi koʻllar, botqoq yerlar va qirgʻoq bioxilma-xilligining qisqarishi va yoʻqolishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yerlarning degradatsiyasi, suv tanqisligi va biologik xilma-xillikning yoʻqolishiga olib keluvchi omillarni bartaraf etishga qaratilganiga keng toʻxtalishdi.

Loyiha doirasida umumiy maydoni 3 mln. gektardan ortiq boʻlgan Janubiy Ustyurt, Orolboʻyi, Markaziy Qizilqum milliy tabiat bogʻlari, Sudoche-Akpetki, Borsakelmas buyurtmaxonalari singari  yangi tashkil etilgan muhofaza etiladigan  tabiiy hududlar rivojlantirilishini eʼtirof etishdi.

Seminar ishtirokchilariga 2022-yilning 30-noyabrida Vazirlar Mahkamasining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va Global Ekologik Jamgʻarma ishtirokida “Orol dengizi havzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlaydigan asos sifatida koʻllar, suv-botqoq yerlari va qirgʻoqboʻyi hududlarini saqlash hamda boshqarish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi tegishli qarori  tasdiqlangani, 1971-yil 2-fevralda Eronning Ramsar shahrida Xalqaro ahamiyatga ega, asosan, suvda suzuvchi qushlarning yashash makoni boʻlgan suvli-botqoqli hududlar toʻgʻrisidagi Konventsiya imzolangani toʻgʻrisida maʼlumotlar berilib, ularning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib oʻtildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, hamkor tashkilotlarni loyihani amalga oshirishda, bu borada targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishda faol ishtirok etishga daʼvat etildi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026