30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:40
Jamiyat 👁 261

“AYoLLAR MUHOFAZASI – OILA XAVFSIZLIGI” MAVZUSIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

“AYoLLAR MUHOFAZASI – OILA XAVFSIZLIGI” MAVZUSIDA PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori asosida zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika Markazi negizida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika Markazi, uning hududiy boʻlimlari hamda namunali tumanlararo Markazlari tashkil etildi.

Prezidentimizning ushbu Qaroriga muvofiq “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika Markazi, uning hududiy boʻlimlari hamda namunali tumanlararo Markazlari toʻgʻrisida”gi Nizomi ham qabul qilindi. Ushbu Nizomga asosan Amudaryo namunali tumanlararo Markazi ham oʻz faoliyatini boshladi.

5-oktyabr kuni mazkur markazda “Ayollar daftari” ruyxatida turgan, himoya orderi olgan ayollar uchun “Ayollar muhofazasi – oila xavfsizligi” motivatsion seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningni tumandagi 12-sonli umumtaʼlim maktabi psixologi Gulnora Sharipova olib bordi.

Seminar-treningni tuman hokimi oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Sobirova ochdi. Shuningdek, Markaz direktori Gavxar Chimbaychiyeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazining faoliyati xamda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollarga koʻrsatilayotgan yordamlar va xizmatlar xaqida maʼlumot berdi. Ayollar xuquqlarini himoya qiladigan “Himoya orderi” berish tartiblari, 1146 raqamli “Ishonch telefoni” faoliyati xaqida batafsil soʻz yuritildi.

Aytish joizki, oʻtgan davr mobaynida Amudaryo namunali tumanlararo Markazi tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa yordamlar koʻrsatib kelmoqda.

Shuningdek, Markaz tomonidan ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, oilaviy muammolar va turmushida zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Zoʻravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning huquqlari kafolatlarini taʼminlash, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish uchun Markazda barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Markaz uchun 8 ta xona ajratilgan boʻlib, direktor, psixolog, 2 ta ona va bolalar xonasi, oshxona mavjud. Barcha xonalar toʻligʻi bilan zarur mebellar va maishiy texnikalar bilan jixozlangan.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo namunali tumanlararo Markaziga joriy yilning 9 oyi davomida 322 nafar ayol-qizlar va 9 nafar erkaklar tomonidan murojaatlar boʻldi. Ushbu murojaatchilarning 32 nafariga huquqiy yordam, 232 nafariga psixologik yordamlar, 6 nafariga tibbiy, 34 nafariga esa boshqa turdagi yordamlar koʻrsatildi. Bundan tashqari, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 15 ta sayyor qabullar, 21 ta psixologik treninglar oʻtkazilib, 100 dan ortiq oilalarni yarashtirishga, 19 nafar ayol-qizlarga himoya orderi berilishida koʻmaklashildi.

Tadbir davomida Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, markaz direktori, ichki ishlar boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori bilan birgalikda 2 ta oilaning muammolari oʻrganildi. Ularga oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaning tarbiyaviy-taʼlimiy salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash, oilaning jamiyat hayotidagi ahamiyati hamda oilada er va xotinning vazifalari, burchlari haqida tushuntirildi. Oilalar yarashtirilib, 1 nafar ayolga himoya orderi berildi.

Bundan tashqari, har bir ayol-qizning muammolarini oʻrganish maqsadida sayyor qabul ham tashkil qilinib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 6 nafar ayollarning muammolari tinglandi, ularga tegishlicha maslahat va tavsiyalar berildi.

Seminar-treningda ayol-qizlar 12-sonli umumtaʼlim maktabi psixologi Gulnora Sharipova tomonidan oʻtkazilgan psixologik suhbat va mashgʻulotlarda faol ishtirok etdilar. Shu bilan birgalikda oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tingladilar. Psixologik mashgʻulotlardan olgan taassurotlari yuzasidan oʻzaro fikr almashdilar.

Gavxar ChIMBAYChIYeVA, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo namunali tumanlararo markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026