30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:13
Jamiyat 👁 279

BOShLANGʻICh SINFLARDA YaNGI AVLOD DARSLIKLARINI AMALIYoTGA JORIY ETISh YuZASIDAN OʻQUV SEMINARI BOʻLIB OʻTDI

BOShLANGʻICh SINFLARDA YaNGI AVLOD DARSLIKLARINI AMALIYoTGA JORIY ETISh YuZASIDAN OʻQUV SEMINARI BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida “Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi” mavzusida seminar-treninglar oʻtkazilmoqda. Mazkur seminar-treninglar ilgʻor tajribalar asosida yaratilgan oʻquv dasturi va darsliklarni amaliyotga joriy etishda boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

7-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy Markazi va Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda tumandagi 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. Unda tumandagi 85 ta maktabning har biridan 1-, 2-, 3-, 4-sinflarning boshlangʻich sinf oʻqituvchilari jalb qilindi.

Seminarni tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri Saida Sadikova ochdi va bu yil boshlangʻich sinflar uchun yaratilgan yangi darsliklarni amaliyotga joriy etishda bugungi kun boshlangʻich sinf oʻqituvchilaridan katta mahorat, zamonaviy yondashuv va masʼuliyat talab qilinishini taʼkidladi.

Shuningdek, seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy Markazi maktabgacha, boshlangʻich va maxsus taʼlim metodikalari kafedrasi mudiri Bayram Oʻtemuratov, kafedra professor oʻqituvchilari Zevar Tajekbayeva, Perdexan Saliyeva, Gulchehra Yusupovalar ishtirok etishib, “Yangi darsliklar orqali boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kommunikativ kompetentsiyani shakllantirish metodlari”, “Yangi oʻquv dasturi asosida boshlangʻich sinf matematika darslarini tashkil etish” kabi mavzularda maʼruza qilishdi va boshlangich sinf oʻqituvchilarini qiziqtirgan savollarga javob berishib, kasbiy mahoratidan tavsiyalar berishdi.

Shundan soʻng, tuman maktablarining boshlangʻich sinflarda maʼsul trener oʻqituvchilaridan Mehribon Bekbergenova, Malohat Matmuratova 1-sinf oʻqituvchilariga, Nasiba Babajanova, Nasiba Qurbonboyeva 2-sinf oʻqituvchilariga, Dildora Karimboyeva, Shohida Yuldasheva 3-sinf oʻqituvchilariga, Aymira Upayeva va Aziza Toʻrayevalar esa 4-sinf oʻqituvchilariga boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi, tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash, ijodkorlik va muloqot qilish koʻnikmalarini rivojlantirish modelini oʻquvchilarda shakllantirishda metodlardan foydalanish orqali samarali natijalarga erishish toʻgʻrisidagi maʼruzalari bilan ishtirok qildilar.

Bundan tashqari, boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari “Yozuvga oʻrgatish metodikasi”, “Bingo”, “Ven diagrammasi”, “Dekart”, “Shaxmat taxtasi” kabi metodlarni qoʻllagan holda amaliy mashgʻulotlarda ishtirok qilishdi. Bu metodlar bugungi kunda oʻquvchilarimizni qiziqarli bilim olishda, har bir muammoni turli yoʻllar bilan hal etishda, ularni qiyin vaziyatlardan olib chiqishda, darslikdan olgan bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlarida yordam beradi.

Ushbu oʻquv-seminaridan kutilayotgan maksad maktabda boshlangich taʼlim sifatini oshirish, oʻquvchilarning qiziqishlarini inobatga olgan holda samarali oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishdir. Bu kabi tadbirlar oʻquv yili davomida amalga oshiriladi. Zero, bugungi kunda boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarining vazifasi yangi darsliklar orqali oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida XXI asr talabi darajasidagi bilim koʻnikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Rayhon YaKUBOVA, Amudaryo tumani MMTB maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi metodisti.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026